Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə16/119
tarix04.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#118984
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi.
5. Kelgusida iste’molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Narx egiluvchanligi – o’ziga xos bozor hodisasi bo’lib, talab va taklif qonunining amal qilishi bilan asoslanadi. Egiluvchanlik iqtisodiy mazmuni tahlil qilinayotgan bozor ko’rsatkichining qolgan barcha omillar o’zgarmasdan qolganda bitta qandaydir omilning o’zgarishiga bog’liqlik darajasida namoyon bo’ladi. Natijali belgi sifatida yeafaqat klassik talab ko’rsatkichi, balki narxlar darajasi, raqobatchilar reaksiyasi va h.k. ham ko’rib chiqilishi mumkin. omil sifatida narxlar, daromad, raqobatchilar faoliyati ko’rsatkichlari, bozor to’yinganligi va ekspertlar natijali ko’rsatkich o’zgarishiga ta’sir ko’rsatishda asosiy deb hisoblaydigan boshqa har qanday ko’rsatkichlar ishtirok etadi.
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib ketadi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin