Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


BOZOR SEGMENTASIYaSI VA MAHSULOTLARNI MAVQYeILAShTIRISh



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə42/119
tarix04.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#118984
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

BOZOR SEGMENTASIYaSI VA MAHSULOTLARNI MAVQYeILAShTIRISh
4-savol. Siz har bir bozor segmentlari uchun har xil mahsulotlar va marketing rejalarini ishlab chiqasizmi?
Javoblar:
A. Biz sotib olgan har bir xaridorga mahsulot sotamiz. Segmentlar aniq belgilanmagan.
B. Biz mahsulotlarni turli bozor segmentlari uchun alohida ishlab chiqaramiz.
S. Biz maqsadli bozor segmentlari uchun mahsulotlarni yaratamiz va ushbu segmentlar uchun marketing kompleksini ishlab chiqamiz.
5-savol. Siz bozorda o’z mahsulotingizni mavqyeilashtirish strategiyasini aniqlaysizmi?
Javoblar:
A. Biz uning nima ekanligini umuman bilmaymiz.
B. Biz mavqyeimizni mustahkamlash uchun reklama, shaxsiy sotuv, PR, OAV va boshqalar orqali maqsadli xaridorlarimiz bilan ishlaymiz.
S. Biz o’zimizning bozordagi mavqyeimizni bilamiz
MARKETING REJASI
6-savol. Sizning kompaniyangizda strategik rejalashtirish mavjudmi va undan qanchalik darajada foydalaniladi?
Javoblar:
A. Biz marketingning strategik rejasini (mahsulotlar, bozorlar, maqsadli segmentlar bo’yicha), shuningdek yillik marketing rejasini ishlab chiqamiz.
B. Biz yillik marketing rejasini tuzamiz.
S. Biz marketingni rejalashtirishni yetarli darajada amalga oshirmaymiz
7-savol. Sizning marketing strategiyangizning sifati qanday?
Javoblar:
A. Marketing strategiyasi aniq belgilanmagan
B. Strategiya shunchaki o’tgan strategiyamizni to’ldiradi
S. Strategiya aniq belgilangan va yangi g’oyalar bilan yaxshi muhokama qilingan
8-savol. Korxonangizda marketingning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
Javoblar:
A. qisqa muddatli daromadlarga erishish va hozirgi holatimizni saqlab qolish
B. bozordagi ulushimizni va agressiv o’sishni sezilarli darajada oshirish orqali bozorni boshqarish
S. Haqiqiy strategik uzoq muddatli maqsadlar mavjud emas – faqat tirik qolish
MARKETING KOMPLEKSI
9-savol. Sizning narx siyosatingiz qanday va u qanchalik samarali?
Javoblar:
A. Biz narxlarni xarajatlarimiz va o’rtacha foyda asosida belgilaymiz
V. Biz narxlarni xarajatlar asosida belgilaymiz, raqobatchilar narxlariga e’tibor qaratamiz, ammo biz chegirmalarning moslashuvchan tizimidan foydalanamiz.
C. Biz narxlar strategiyasini belgilaymiz, shuningdek, chegirmalar tizimidan, tegishli segment uchun narx darajalaridan, qo’shimcha mahsulotlardan va boshqalardan foydalangan holda moslashuvchan narxlash tizimini qo’llaymiz.
10-savol. Sizning reklamangiz qanchalik samarali?
Javoblar:
A. Juda samarali – reklama kampaniyasidan keyin savdo hajmi oshadi
B. Bir oz oldinga siljish bor, lekin yetarli emas
S. Samarali emas. Reklama samaradorligini hyech kim baholamaydi
11-savol. Sizning sotuvchilaringiz qanchalik tajribali va samarali ishlaydi?
Javoblar:
A. Ular juda tajribali, yangi savdo bozorlarini o’zlashtirmoqdalar.
B. Yetarli tajribaga ega, mavjud mijozlar bilan ishlaydi, ammo yangilarini topishga qiziqmaydi
S. Tajribasiz, samarali ishlamaydi
12-savol. Sizning mahsulot siyosatingiz qanday va u qanchalik samarali?
Javoblar:
A. Biz xaridorlarning ehtiyojlarini o’rganish, ichki resurslar va tashqi omillarni (raqobatchilar, yetkazib beruvchilar) baholash asosida mahsulot assortimentini shakllantiramiz
B. Biz ishlab chiqarish dasturini mavjud ishlab chiqarish quvvati va sotib olingan xom ashyo asosida rejalashtiramiz
S. Biz yangi mahsulotlarni taqdim etish orqali assortimentni yangilashga harakat qilamiz.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin