Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Biznes marketingining masshtabi, tarkibiy tuzilishi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə5/119
tarix04.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#118984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

Biznes marketingining masshtabi, tarkibiy tuzilishi

Bozor paydo bo'lishining zarur shartlari quyidagilardan iborat: a) ijtimoiy mehnat taqsimoti; b) ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga xususiy mulkchilik.


Bozorning asosiy elementlari bu talab, taklif, raqobat, narx. Bozorning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardir: moslashuvchanlik, samaradorlik, muvozanatga intilish.
Bozorning maqbul ishlashi quyidagi shartlarni nazarda tutadi: a) bozorga kirish va undan chiqish erkin bo'lishi kerak; b) bepul resurslarning mavjudligi va ulardan bepul foydalanish; v) bozor ma'lumotlariga bepul kirish; d) ishlab chiqarish va narx belgilashda monopoliyaning yo'qligi.
Bozorlar bir qancha belgilariga qarab guruhlarga bo’linadi:
1. Sotib olish va sotish ob'ektlariga qarab bozorlar bir-biridan farq qiladi:
a) tovarlar bozori;
b) xizmatlar bozori;
v) kapital bozori;
d) mehnat bozori;
e) axborot bozori (ilmiy-texnik ishlanmalar).
2. Chegaralar va ko’lami nuqtai nazaridan quyidagi bozor turlari mavjud:
a) mahalliy bozor (qishloq, shahar, tuman ichida);
b) milliy (ichki bozor);
v) jahon (tashqi bozor).
Bozor sub'ektlari bu: yuridik shaxslar (firma, korxona, muassasa); jismoniy shaxslar; davlat.
Bozor ob’ektini ishlab chiqarilgan xilma – xil tovarlar va xizmatlar egallaydi. O‘z ob’ekti jihatidan bozorni turga bo‘lish mumkin:

    1. Iste’mol tovarlari bozori;

    2. Ishlab chiqarish vositalari va resurslari bozori;

    3. Ishchi kuchi yoki mehnat bozori;

    4. Moliya bozori;

    5. Intelektual tovarlari bozori.

Iste’mol tovarlari bozori – kishilarning kundalik turmushi uchun zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bozoridir. Bu bozorda keng iste’mol buyumlari, madaniy – maishiy va kommunal xizmatlari oldi – sotdi shakllari olib boradi. Bu bozorda deyarli barcha fuqarolar ishtirok etadi. Bu bozorning aniq ko‘rinishlari quyidagilardan iborat: magazinlar, do‘konlar, savdo uylari, firmalar, supermarketlar, gipermarketlar, oshxona, kafe-barlar, salonlar, har xil ustaxonalar, buyum bozorlar va dehqon bozorlari va boshqalardir.
Ishlab chiqarish vositalari va resurslari bozori – ishlab chiqarishga mo‘ljallangan barcha narsalar bozoridir. Bu bozorda ulgurji savdo tizimi yuz beradi. Mazkur bozor savdo firmalari, savdo uylari, vositachi tashkilotlar, birjalar faoliyatida, yer va boshqa ko‘chmas mulk savdosida namoyon bo‘ladi. Bunday bozorda resurslarga talabgorlar resurs yetkazuvchilar bilan shartnomalar asosida aloqa qiladilar. Resurs bozorining bosh bo‘g‘ini tovar birjasi hisoblanadi. Tovar birjasi ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi tijorat majmuasidir.
Ishchi kuchi yoki mehnat bozori. Ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozordir. Ishchi kuchi maxsus tovar bo‘lganidan uning bozori o‘z xususiyatiga ega. Agar oddiy tovar sotilganda uning egasi o‘zgarsa, ishchi kuchi sotilganda uning egasi o‘zgarmaydi, chunki uni inson jismidan ajratib bo‘lmaydi.
Mehnat bozori mehnat birjalari, ishchi yollovchi vositachi firmalardan va nihoyat, kishilarni bevosita ishga jalb etuvchi korxonalarning o‘zidan iborat.
Moliya bozori. Moliya resursiga aylangan pul mablag‘lari va ularga tenglashtirilgan qimmatbaho qog‘ozlar bozori tushuniladi. Moliya bozori tarkibini kredit bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori va valyuta bozoridan iborat. Auksionllar, kredit pullari auksionlari, banklar, moliya kompaniyalari, fond birjalari va boshqalardir.
Intelektual tovarlar bozorlari. Bu aqliy mehnat mahsul bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bozoridir.. Bu bozorda ilmiy ishlanmalar, g‘oyalar texnikaviy loyihalar va chizmalar, axborot, san’at, adabiyot va ilmga tegishli asarlar, ijrochilik xizmati va turli tomosha xizmatlari sotiladi. Bu bozorning muhim unsuri patent va litsenziya bozori va hozirgi kunda shou-biznes va kino bozorlaridir.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin