Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Sanoat haridorining motivatsiyasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə90/119
tarix04.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#118984
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

7.2. Sanoat haridorining motivatsiyasi
Har qanday ko‘rinishdagi iqtisodiy tizimda tijorat faoliyatining katta qismi tashkilotlar o‘rtasidagi bitimlardan iborat bo‘ladi. Masalan, asbob-uskunalar, tovarlar, tarkibiy qismlar, xom ashyo va hokazolar bilan savdo qiladigan firmalar ushbu mahsulotlardan o‘zining ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan boshqa firmalar xizmat ko‘rsatadi. Marketingning boshqaruv tamoyillari sanoat tovarlarini sotuvchi firma uchun ham, iste’mol tovarlari sotuvchi firmalar uchun ham bir xil bo‘lishiga qaramay, tamoyillarni qo‘llashning muayyan usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Sanoat tovarlariga bo‘lgan talab hosila talab bo‘lib, talabning ba’zi bir boshqa quyi turlariga bog‘liqdir. Sanoat talabi hosila talabdir. Ya’ni sotib olingan tovarlardan boshqa tashkilotlarning talabini yoki pirovard iste’molchining talabini qondirish maqsadida o‘z ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan tashkilotning talabidir. Demak, tashkilot ishlab chiqarish zanjirining bir qismidir, ya’ni, uning “quyi” talabga bog‘liq bo‘lgan talabi oxir-oqibatda iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning natijasidir.
Sanoat talabi va xususan kapital asbob-uskunalarga bo‘lgan talab keskin o‘zgarib turadi va pirovard talabda yuz beradigan eng kichik o‘zgarishlar ham bu talabga kuchli ta’sir qiladi (akseleratsiya tamoyili).
Sanoat talabi ko‘pincha, ayniqsa tovar hal qiluvchi komponent bo‘lganda, ya’ni aniq spesifikatsiya asosida tayyorlanganda narxga nisbatan noelastik bo‘ladi. Tovar haridorga zarurdir va uning o‘rnini bosadigan tovarlar ko‘p emas.
Sanoat haridori zanjirning har bir pog‘onasidagi kollegial tizimi bilan tavsiflanadi: bir necha individlar, hamda harid markazi turli funksiyalarni bajaradi va turli rollarni o‘ynaydi.
Mijoz - texnik saviyasi yuqori bo‘lgan professional haridor; harid haqidagi qaror iste’mol haridlariga xos bo‘lmagan rasmiylashtirish bosqichlarini ko‘zda tutadi.
7.2‑jadval.
Qaror qabul qilish bosqichlari va harid markazining roli


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin