Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Konsentratsiyalangan marketing



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə103/119
tarix04.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#118984
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

Konsentratsiyalangan marketing - butun marketing faoliyatini alohida, diqqat bilan tanlab olingan segmentga qaratishni nazarda tutadi.
Marketing dasturi – belgilangan korporativ va biznesvazifalarga (bozor ulushi, sotuv hajmi, investitsiyalar qaytimi va h.k.ni oshirish) erishish rejasi.
Marketing auditi – kompaniya marketing faoliyatini detalli, har tomonlama tahlil qilishdir.
Mahsulotni bozorda sinab ko‘rish – yangi mahsulot ishlab chiqish jarayonining axborot to‘plashga aloqador qismidir, u turli mahsulot variantlarini dala va laboratoriya sharoitlarida keying baholashni nazarda tutadi.
Mahsulotning hayotiylik davri – vaqt o‘tishi bilan standart mahsulot foydasi va sotuv hajmining qanday o‘zgarishini tavsiflaydigan konsepsiya.
Miqyos samarasi – ishlab chiqarish va haridlar hajmi va o‘lchami bilan asoslanadigan tejamkorlikdir.
Muzokaralar – haridor uchun ham, sotuvchi uchun ham o‘zaro aloqalar qiymatini maksimallashtirishni maqsad qilib qo‘ygan jarayondir.
Narxga oid diskriminatsiya – turli mijozlarga turlicha narx taklif etish.
OYEM-ishlab chiqaruvchi (Original Equipment Manufacturer) – boshqa ishlab chiqaruvchilarning butlovchi detallaridan foydalanib, komplektli jihozlar chiqaradigan ishlab chiqaruvchi.
Oligopoliya –nisbatan kam sonli sotuvchilar mavjud bo‘lgan va ularning har biri mahsulot narxiga ta’sir ko‘rsata oladigan bozor holati.
Pozitsiyalashtirish – kompaniyani raqobatchilardan farqlantiruvchi kompaniya imidjini va qadriyat taklifini yaratish xodisasi
Perseptiv buzib ko‘rsatish – har bir qatnashchi uni avvalgi tajribalar va o‘z e’tiqodlariga «moslashtirish» uchun axborotni buzib ko‘rsatadigan darajadir.
Savdolashish – maqsadga erishishga yo‘naltirilgan strategik o‘zaro aloqa, ikki yoki undan ortiq tomonning o‘zaro bog‘liq xulqatvori bo‘lib, har bir tomonning tanlovi narigi tomon harakatlarini baholashga bog‘liq ekanligini nazarda tutadi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin