Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Xaridlarni amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə29/119
tarix04.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#118984
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

4.3. Xaridlarni amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillar
Xarid haqida qaror qabul qilish xaridor tashkilotning ko’plab xodimlari ishtirok etadigan hamda sotuvchidan tovarlar va xizmatlar xarid qilish haqida shartnoma tuzishga olib keladigan xilma-xil harakatlarni o’z ichiga oladi.
Xarid – oddiy bir martalik harakat emas. Bu shartnoma majburiyati uning natijasiga aylanadigan qaror qabul qilish jarayonidir. Bunday jarayon davomida qatnashchilarning har biri bitim tuzish borasida mustaqil qaror qabul qilishi lozim. Xarid muammosi tashkilot xodimlaridan birontasi biron-bir muammoni tovar yoki xizmatlar xarid qilish vositasida hal etish mumkinligini ko’rgan holatda yuzaga keladi. Xarid juda ko’plab muammolarning yechimlaridan biriga aylanishi mumkin. Misol uchun, ish yuritish samarasizligi boshqaruv nazoratining sustligi, personalning tajribasizligi, ofis hajmi va joylashuvining mos kelmasligi yoki kompaniya siyosatining samarasizligi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bu sabablardan birontasi xarid muammosini ifodalamaydi. Biroq ofis uskunalarining tirishqoq va bilimdon sotuvchisi ofis-menejer bilan birgalikda vaziyatni tahlil qilishi va yangi asbob-uskuna, mebel va aksessuarlar xarid qilgan holda ofisning ish samaradorligini oshirish mumkinligini ko’rsatishi mumkin. Bu holatda muammo biron narsani xarid qilib hal etilishi mumkin bo’lgan muammo sifatida tavsiflanadi.
Sanoat kompaniyalarida xarid haqida qaror qabul qilish jarayoni sakkiz bosqichdan iborat: 1) xarid zaruratini anglab yetish 2) zaruriy mahsulot tavsifnomasi va miqdorini aniqlash 3) mahsulot spesifikasiyasi tuzish 4) potensial manbalar izlab topish va baholash 5) takliflar olish va tahlil qilish 6) takliflarni baholash va ta’minotchilarni tanlash 7) buyurtmalarni rasmiylashtirish jarayonini tanlash 8) natijalarni kuzatish va baholash.
Xarid haqida qaror qabul qilish jarayoni murakkabligi taxmin qilinayotgan xarid miqyosi va muhimligiga bog’liq bo’ladi. Xaridning murakkabligi ortishi bilan qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan vaqt va bu jarayonga jalb etilgan odamlar soni odatda – xuddi qaror qabul qiluvchi mutaxassislar uchun zarur axborot miqdori va xaridorlar mezonlari soni kabi ortadi. Xarid vaziyatlarining uch xil turi ajratib ko’rsatiladi: o’zgarishlarsiz takroriy xarid, o’zgarishlar bilan takroriy xarid va yangi vazifalarni hal qilish uchun xarid. Bu «xarid sinflari» xarid haqidagi qarorlarning uch xil turiga o’xshab ketadi – muammoning 35 takroriy hal qilinishi, muammoning qisman hal qilinishi va muammoning kengaytirilgan hal qilinishi.
O’zgarishlarsiz takroriy xarid – ilgari xarid qilingan narsani xuddi o’sha ta’minotchidan xarid qilish, garchi xarid shartlari biroz o’zgarishi mumkin bo’lsada. Bunday xaridlar kompyuterlashtirilishi va odatiy tarzda – zaxira belgilangan minimal darajaga yetganda yoki oyning belgilangan bir kunida amalga oshirilishi mumkin. O’zgarishlar bilan takroriy xarid – ilgari xarid qilingan biron narsani, biroq muqobil yetkazib berish manbalari va shartlari haqida axborot qidirishni o’z ichiga olgan holdagi xariddir. Ya’ni xomashyo xarid qiluvchi kompaniya muntazam ravishda turli sotuvchilarning narx takliflaridan xabardor bo’lishi, yoxud ularning takliflari haqida axborot olish uchun bir nechta potensial ta’minotchiga qo’ng’iroq qilishi mumkin. Yangi vazifalarni hal qilish uchun xaridlar ilgari xarid qilinmagan biron narsani xarid qilishni ko’zda tutadi, ya’ni kompaniyaning xarid haqida qaror qabul qilishning barcha bosqichlari – xarid zaruratini anglab yetishdan tortib zarur tovar tavsifnomasi va miqdorini aniqlash, spesifikasiya ishlab chiqish va h.k. orqali o’tishini nazarda tutadi.
Bunday murakkabroq qarorlarda xarid jarayonining boshlang’ich bosqichlari muhimroq ahamiyatga ega, oxirgi bosqichlardagi harakatlar esa o’zgarishlarsiz takroriy xaridlar va o’zgarishlar bilan takroriy xaridlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi vazifalarni hal qilish uchun xarid qilish vaziyatlarida xaridorning oldingi tajribalari katta ahamiyatga ega emas, buyurtmachi yana xarid maqsadlarini belgilashi, ta’minot manbalarini aniqlashi, muqobil manbalarni baholash mezonlarini ishlab chiqishi lozim bo’ladi.
Xarid vaziyatlarini tavsiflashda xaridor va sotuvchi o’rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari ham ishtirok etadi va bunda vaqt muhim ahamiyat kasb etuvchi omil hisoblanadi, chunki ushbu munosabatlar qisqa yoki uzoq muddatli bo’lishi mumkin (3-rasm). Shkalaning bir tomonida oddiy bitimlar, ya’ni qat’iyan ―bir 36 martalik‖ xaridlar joylashgan. Bu yuqori standartlashtirilgan va bir-birini oson to’ldiruvchi mahsulotlarning takrorlanuvchi xaridlariga xos holatdir. Bu holatda xaridor, bitta mol yetkazib beruvchidan boshqasiga o’tish bilan bog’liq bo’lgan deyarli xech qanday tavakkalchilikka duch kelmaydi. Yagona aniqlovchi omil bo’lib baho hisoblanadi.
Xaridor va sotuvchi o’rtasidagi munosabatlar raqobatchilik tavsifiga ega: bittasi eng past bahoga, ikkinchisi esa eng yuqori bahoga erishishga intiladi. Munosabatlar marketingi konsepsiyasida ushbu oxirgi nuqta keltirilgan shartli shkalada munosabatlarning yo’qligini aniqlaydi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin