Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Natijalar yoki yakuniy qism



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə41/119
tarix04.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#118984
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

Natijalar yoki yakuniy qism
Tadqiqot olib borilgan korxonalarda marketingning boshqa funksiyalari ham samarali emas. Narx strategiyasi aniqlanmagan, narxlashning asosiy usuli qimmatga tushadi va aksariyat korxonalar chegirmalarning moslashuvchan tizimidan foydalanmaydilar. Reklama kampaniyasi tartibsiz ravishda olib borilmoqda. Reklama kampaniyasining samaradorligi baholanmaydi.
Korxonalar marketingi samaradorligi tahlilidan olingan umumiy xulosalarni quyidagicha shakllantirish mumkin:

  1. Menejerlar va sotuvchilarning professional darajasining pastligi.

  2. Iste’molchilar manfaatlarining yuqori emasli.

  3. Marketing xarajatlari pastligi.

  4. Marketing xizmati xodimlarini rag’batlantirish tizimining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi.

  5. Axborot tizimining samarali emasligi.

  6. Marketingni rejalashtirish va nazorat qilishning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi.

Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi tiku-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning marketing faoliyati samaradorligi past bo’lmoqda. Marketing samaradorligini baholash natijalaridan kelib chiqib, korxonalarda marketing faoliyatini takomillashtirish, marketing bo’yicha mutaxassislar malakasini muntazam oshirib borish, marketing xizmati xodimlarining marketing bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirish lozim.
Ilova
MARKETING SAMARADORLIGINI ANIQLASh BO’YIChA
SAVOLNOMA
Marketing samaradorligini aniqlash bo’yicha tuzilgan so’rovnoma korxonangiz faoliyati iste’molchilarga yo’naltirilganligini baholashga yordam berish uchun ishlab chiqilgan. So’rovnoma natijasida olingan axborotlar korxonangizda marketingni yaxshilash va biznesingiz samaradorligini oshirish uchun nima qilish kerakligini ko’rsatib beradi.
Javoblaringizni korxonangizda marketing faoliyatiga mos keladigan variantlarni tanlang.
MARKETING TADQIQOTI
1-savol. Siz oxirgi marta qachon bozorni, iste’molchilarni va ularning xatti-harakatlarini, raqobatchilaringizni o’rgandingiz?
Javoblar:
A. Bir necha yil oldin (besh yilga yaqinlashib qoldi) yoki hyech qachon
B. Bir necha yil oldin
S. Yaqinda (so’ngi bir necha oy ichida)
2-savol. Siz bozorning turli segmentlari, iste’molchilar, sotuv kanallari, mahsulotlarning sotilishi va foyda keltirishini qay darajada bilasiz?
Javoblar:
A. Juda yaxshi – biz batafsil tahlil va tadqiqotlar olib bormoqdamiz B. Biroz - ba’zi masalalar bo’yicha ma’lumotlar mavjud
S. Biz umuman bilmaymiz
3-savol. Sizning marketing axborot tizimingiz tezkor marketing qarorlarini qabul qilishga yordam beradigan yuqori sifatli ma’lumotlarni taqdim etishga qanchalik tayyor?
Javoblar:
A. Axborot tizimi juda samarali doimiy yangilanib turadigan va foydali axborotlarga ega. Elektron ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
B. Juda samarali tizim – lekin ba’zida yetarlicha tez emas, qaror qabul qilish uchun aniq va to’liqdir. Axborot asosan qog’ozda joylashgan.
S. Bizning axborot tizimimiz yo’q –axborotlarni tartibsiz va tizimsiz yig’amiz. Elektron ma’lumotlar bazasi yo’q.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin