Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


«DESK-INVEST» korxonasida marketing bo‘limi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə86/119
tarix04.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#118984
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

2. «DESK-INVEST» korxonasida marketing bo‘limi
Korxonaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, marketing bo‘limining maqsadlari belgilanadi. Marketing bo‘limining asosiy maqsadi bu – korxonaning butun xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishiga moslashuvchan yo‘naltirish, iste’molchilarning talablarini hisobga olish bo‘lib, iqtisodiy, rejalashtirish, texnik-ishlab chiqarish, sotuv va tadqiqotchilik harakteridagi kompleksli ishlarni uyg‘unlashtiradi.
Marketing bo‘limi alohida struktura sifatida ajratilgan bo‘lib, bevosita tijorat direktoriga bo‘ysunadi. U barcha bo‘limlar bilan o‘zaro aloqa qiladi va quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • marketing faoliyatini rejalashtirish.

Marketing rejasi korxonani rivojlantirish strategiyasi asosida tuziladi. Ushbu strategiya doirasida marketing bo‘limining asosiy vazifasi belgilanadi. Ayni paytda bo‘limning asosiy vazifasi yangi mijozlarni jalb etish, mavjud mijozlarni ushlab qolish va ularning korxonaga sodiqligini oshirish hisoblanadi. Korxona uni amalga oshirishi lozim bo‘lgan muddat, shuningdek, moliyalashtirish hajmi belgilanadi. Shundan so‘ng marketing bo‘limi asosiy vazifani kichik vazifalarga taqsimlaydi, ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va kelajakdagi chora-tadbirlardan kutiladigan natijalar ko‘rsatilgan umumiy reja tuzadi. Marketing rejasi korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
· bozor kon’yunkturasini o‘rganish, assortimentni rejalashtirish. Bozor ikki yo‘nalishda o‘rganiladi: mijozlar haqida axborot to‘plash va tahlil qilish hamda raqobatchilarni tadqiq etish. «DESK-INVEST» korxonasi iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi etib belgilab qo‘ygan. Raqobatchilarning harakatlari va iste’molchilarning hohish-istaklarini hisobga olish asosida korxona mahsulot assortimentini ishlab chiqadi.

  • imidj, reklama, ko‘rgazmalar va pablik rileyshnz. Raqobatchilar tahlili va iste’molchilarning tuzilgan suratiga asoslanib, marketing bo‘limi chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi, shu tufayli korxona bozorda raqobatchilardan farqlanadigan va qulay joy egalaydi. Korxona asosan tashqi reklama va sotuv joylaridagi reklamadan foydalanadi.

· tovar harakatlanishini tashkil qilish. Tovar harakatlanishi sohasida korxonaning maqsadlari quyidagi tarzda shakllanadi: iste’molchiga tovar yetkazib berishning servis ta’minoti maksimal yuqori darajasi; tovarni harakatlantirishda minimal harajatlar; belgilangan harajatlar darajasida yetkazib berish servis ta’minotining maksimal yuqori darajasi. Metall cherepitsa yoki egik profillar va boshqa mahsulot tayyorlash uchun yakka tartibdagi buyurtmalar olishda tovarni uyga yetkazib berish kabi xizmatlar ham taqdim etiladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin