Korxona mahsulotlari bozori qurilish mahsulotlaridan foydalanish harakteri asosida segmentlangan. Bunda tovar narxi va sifati kabi omillar hisobga olingan.
Umuman, mahsulot bozorining holatini tahlil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida quyidagilarni aniqlash mumkin:
bozor sharoitlari iste’molchilarni mahsulot sifati va bahosiga e’tibor qaratishga majbur qiladi;
«DESK-INVEST» korxonasining texnik darajasi hali iste’molchilarning buyurtmalarini qondiradigan yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish va ishlab chiqarishni amalga oshirish imkonini bermaydi.
B) Raqobat tahlili.
«DESK-INVEST» korxonasining asosiy raqobatchilari quyidagilar hisoblanadi:
-«SIFAT» qurilish tashkiloti,
-«NIKA» xususiy korxonasi,
-«SharkTemir» yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati,
-«RuslanStroyService» xususiy korxonasi,
-«FinUzlac» qo‘shma korxonasi.
Raqobatchi firmalar haqidagi ma’lumotlar 3-jadvalda keltirilgan.