- Ajoyib madaniy, arxitektura obyektlari, hamda
madaniy landshaftlarining
alohida ahamiyatga ega hududlari;
- Zamonaviy sivilizasiyaning noyob namunalari, qurilishlari;
- Inson tarixi bilan bog’liq binolar yoki arxitektura ansambillari, landshaftlari.
Tabiatning noyob ko’rinishlarini butunjahon ruyxatiga kiritiladigan
hususiyatlari qo’yidagilardan iborat:
- Yer taraqqiyotida geologik-geomorfologik jarayonlar asosida
shakllangan
yodgorliklar;
- Turli-tuman o’ziga hos ekosistemalar, landshaftlar;
-
Ma’lum mintaqaning o’ziga xos o’simlik va hayvonlari;
- Kamyob biologik turlari.
Madaniy – tarixiy resurslarga moddiy va madaniy turli yodgorliklari majmuasi,
ma’lum mintaqaning turistik qiziqish obyektlari hisoblanadi. Mintaqalarning
arxitektura yodgorliklariga boyligi turizmni rivojlanishiga turtki bo’ladi. Ammo
oxirgi paytlarda turistik oqimning oshishi ayrim muammolarni ham keltirib
chiqarmoqda.
Bu resurslardan turizm maqsadida saqlashni quyidagicha amalga oshirish taklif
qilinadi:
- mavjud tarixiy joylar, binolar va yodgorliklarni turistik
qiziqish obyektlari
sifatida qayta tiklash;
- tabiiy resurslarni muhofaza qilishni faollashtirish;
-
turistik ehtiyojni qondirish maqsadida atrof – muhit saqlash va yaxshilashda
boshqaruv organlari ma’suliyatini oshirish.
Mavjud resurslardan turizm faoliyatida intensiv foydalanish, ya’ni antropogen
yukning oshib borishi natijasida tabiiy turistik resurslarning ifloslanishiga, tarixiy
obidalarning tez buzilishiga olib keladi. Turizmga
oid Gaaga deklarasiyasida
qo’yidagi takliflar bildirilgan:
- Turistlarni mamlakat ichkarisida yoki chet elda borgan joylarida madaniy meros
va atrof – muhitni saqlashga, ularga nisbatan hurmatda bo’lishga o’rgatish,
hamda targ’ib qilish;
- Joylarda turistlarni qabul qilish darajasini aniqlash, me’yordan ortishiga yo’l
qo’ymaslik lozim deb ta’kidlanadi.
Dostları ilə paylaş: