barqaror va o’zgaruvchanomillar.
4.2.Barqaror omillar va ularni turlari. Barqaror (o’zgarmaydigan) omillar vaqt nuqtai nazardan kam o’zgarish
xarakteriga ega. Bu omillarga tabiiy-iqlimiy, geografik, madaniy-tarixiy kabi omillar
kiradi. Shular ichidan geografik omillarni tahlil etadigan bo’lsak, bu omillar
sayyohlik marshrutlarini to’g’ri tanlash, trasportning qulayligi, rekreatsiya
resurslarining bahosi, turizmni mavsumga qarab rivojlantirish kabi jihatlarga o’z
ta’sirini ko’rsatadi.
O’z navbatida, geografik omillarni ikki guruhga bo’lish keng tus olgan. Bular:
- tabiiy geografik omillar; - iqtisodiy geografik omillar. Mintaqalarda xalqaro turizmni rivojlanishiga tabiiy sharoitning katta ta’siri bor.
Hozirgi jamiyatimizning o’ta sanoatlashib borishi tufayli, insonlarning yovvoyi
tabiatga bo’lgan qiziqishi ortib bormoqda. Tabiiy geografik omillar ko’pgina jihatlar
bilan baholanadi. Quyida asosiylariga to’xtalib o’tamiz.
Iqlim, turizmni davriyligiga ta’sir ko’rsatib, ayrim sohil bo’yi dam olish joylari
yil bo’yi issiq iqlimga ega ekanligi (misol tariqasida Mavrikiy orollarini ko’rsatish
mumkin) tufayli, uzluksiz turistlar bilan gavjum bo’lishiga olib kelgan. Tabiiy iqlim
sharoiti turizm harakatini mavsumiy xarakterga aylantiruvchi asosiy omil bo’lib
hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning o’zgarishi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanish
hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar oqimining keskin kamayishiga sababchi bo’ladi.
Shu sababli turizmning eng rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim
zonalariga to’g’ri keladi. Jumladan, O’rtayer dengizi, Qora dengiz, Karib dengizi,
Adriatika dengizi, Boltiq dengizi, Yapon dengizi, Janubiy Xitoy dengizi qirg’oqlarida
joylashgan mamlakatlarda turizm xalqaro ahamiyatga ega.
O’simlik va hayvonot olamiham katta qiziqish uyg’otuvchi omildir. O’rmonlar
dam oluvchi va tabiat qo’yniga sayr qiluvchi sayyohlarni o’ziga tortadi. O’rmon
o’zining kislorodga boy zahirasi bilan, sog’ligini tiklovchilar uchun muhim turistik
obyekt hisoblanadi. Shu bois, botanika bog’lari, turli oromgohlar, milliy bog’lar
sayyohlarning gavjum joylari hisoblanadi. Xorijiy sayyohlarni o’ziga ko’proq jalb
qiluvchi omillardan biri - bu ekzotik (g’alati, ajoyib) hayvonlar yashaydigan joylar
qo’riqxonalar, davlat buyurtmalari, milliy bog’lar, ov qilish uchun ajratilgan maxsus
hududlardir. Bunday hayvonot va o’simlik dunyosining markazlari yuzdan ortiq
bo’lib, Afrika, Osiyo, Yevropa, Avstraliya, Amerika (AQSh, Kanada) ning sayyohat
qilish mintaqalari va hududlari hisoblanadi.