Kirish
Turizm bugungi kunda jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi sohaga aylandi.
So’nggi yillarda uning jahondagi tovarlar va xizmatlar savdosining 10 % to’g’ri
kelmoqda. Shuning uchun ko’pgina mamlakatlarda bu sohaga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida
aholiga xizmat
ko’rsatuvchi sohalarning o’rni va roli g’oyat sezilarli bo’lib, bunda turizmning
ahamiyati boshqa xizmat ko’rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar bilan
rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Shuning
uchun ham keyingi yillarda
O’zbekistonda turizmni rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarga juda ham katta
e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo’llari
shakllanmoqda va qaror topmoqda. Mamlakatimiz turizmni rivojlantirishning barcha
imkoniyatlariga ega. Birinchi navbatda, boy tarixiy merosi, an’analari, o’ziga xos
tabiati, ya’ni turistik resurslarga boyligi buning tasdig’idir.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov Singapur Respublikasiga Davlat
tashrifi arafasida shu mamlakatning markaziy nashrlaidan biri “TODAY” (“Bugun”)
gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida O’zbekiston turizmning katta
salohiyatga ega ekanligini ta’kidlab, qo’yidagi fikrlarni bildirdi: “Go’zal geografik va
tabiiy sharoitlar Respublika hududida ekologik turizmni rivojlatirish uchun g’oyat
qulaydir. Bu borada mamlakatning tog’li
hududlarida joylashgan, zamonaviy
jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil
etilgan. Sayyohlikning yangi yo’nalishi – yirik qo’riqxonalar va bog’lar hududida
tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi rivojlanmoqda...”
1
.
Albatta turizmni
shakllanishi va rivojlanishi turistik resurslarning salohiyatiga bog’liqdir. Mamlakat
qanchalik turli – tuman turistik resurslarga ega bo’lsa, turizmni rivojlanishi shuncha
oson kechadi. Turizm respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport
va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishiga
erishishimiz hozirgi kunning asosiy vazifasidir.
Hozirgi kunda turizm bo’yicha mutaxasislarni talab darajasida tayyorlash
muhim masaladir. Shunga ko’ra turizm ta’lim yo’nalishlaridagi o’quv rejalariga
«O’zbekistonning turistik resurslari» fani kiritilgan bo’lib,
mazkur fanda turizmni
tashkil etishga asos bo’luvchi mamlakatimizning turistik resurslari o’rgatiladi.
Mazkur yaratilgan ma’ruzalar kursi birinchi galda turizm yo’nalishlarida tahsil
olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, bu fan bo’yicha yaratilgan birinchi
adabiyot hisoblanadi. Albatta ma’ruzalar kursi sifatli yaratilishiga harakat qilindi.
Shunday bo’lsada ayrim nuqsonlar ega bo’lishi mumkin, shu sababdan oldindan
kitobxonlardan uzr so’raymiz.
1
“Xalq so’zi” gazetasi, 2007 yil 26 yanvar, №19
5