xususiyatlariga ega bo’lib, kishilarning asosan mavsumiy dam olishi, suv sporti, baliq
tutishi uchun obyekt vazifasini bajaradi. Shuning uchun hozirgi paytda ko’plab dam
olish uylari ushbu turistik obyektlarga qurilmoqda. Okean va dengiz suvlarining
cho’milishi uchun qo’lay bo’lgan qirg’oqlari tarkibiga quyidagi elementlar kiradi.
Mikroiqlim, dengiz va okean suvlarining quruqlikka tutash bo’lgan joylarida suvning
harorati, chuqurligi, suv to’lqinlari, ko’tarilishi, qaytishi, oqimlar, suvning
shifobaxshligi,
tozaligi, tiniqligi, dengiz suvi tagining relyefi, suvdagi yirtqich
qonxo’r baliqlar (akula) va hayvonlarning bor-yo’qligi h.k., qirg’oq chiziqlarining
tuzilishi, plyajlardagi qumlar va yotqiziqlarning sifati, rangi, shakllari va qolaversa
bir qator omillar ta’sir etadi.
Relyef ikki xil ta’sir ko’rsatuvchi xarakterga ega bo’lib, uning noqo’layligi
tufayli transport tarmoqlarini rivojlantirishga qiyinchilik to’g’diradi va turizm
infratuzilmasini to’liq shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ikkinchi
tomondan, tog’li hududlar asosiy rekreatsiya resurslaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
Tog’li, xush manzarali, murakkab relyef tuzilishiga ega bo’lgan o’lkalar turistlar
oqimini o’ziga ko’proq jalb qilishadi. Murakkab tog’ rel’efi landshafti estetik jihatdan
tekislik, yassi hududlarga nisbatan turistlarni ko’proq jalb etish imkoniyatiga ega.
Tog’li o’lkalar o’zining toza va sof havosi bilan ajralib, tog’ sportini rivojlantirish
imkonini tug’diradi. Shveysariya, Fransiya, Avstriya,
Germaniya, Italiya, Chexiya
mamlakatlarida joylashgan dunyoga mashhur Alp sayyohlik kurortlari bunga tasdiq
bo’ladi.
Iqtisodiy geografik omillarga turizmning moddiy texnika bazasi, ya’ni
mehmonxonalar fondi, umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran tarmoqlari), sport
inshootlari, tomosha va sayr qilish, dam olish, bir qator servis xizmati ko’rsatish
obyektlari ichki va tashqi kommunikasiya tarmoqlari avtomobil, temiryo’l, havo
yo’llari, dengiz va daryo transporti,
aloqa vositalari, Internet tarmog’i kiradi.
Iqtisodiy geografik omillar mavjud resurslardan unumli foydalanishga ta’sir
ko’rsatib, o’z navbatida quyidagilar orqali anilanadi:
- turstlarni qabul qiluvchi mamlakatlar, mintaqalar, hududlarning iqtisodiy-
geografik o’rni, joylanishi;
- sayyohlarni qabul qiluvchi mamlakat (mintaqa, rayon)ning
umumiqtisodiy
darajasi;
- ichki turizmni rivojlanish darajasi;
- urbanizasiya darajasi;
- turistlarni qabul qiluvchi mamlakatlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanish
darajasi (malakali kadrlarning soni, ularning tayyorgarlik darajasi );
-
ma’lum bir hududda rekreatsion resurslarning qiymati, transport xizmatlari turi,
oziq-ovqat mahsulotlarning narxi, mehmonxonalarda joylashish narxlari (xizmat
ko’rsatish tarmoqlarini saviyasi);
-
transport, aloqa vositalarining hududda tutgan o’rin va holati bilan
xarakterlanadi.
Yuqoridagilarning har biri o’ziga xos ahamiyatga ega. Misol uchun, iqtisodiy
geografik o’rnini qulayligi, mintaqaning
asosiy turistik bozorlar, dunyo transport
tarmoqlariga nisbatan qulay joylashganligini bildirib, shu mintaqa turizmini
29
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Xalqaro turizmni rivojlantirishda mamlakat va
hududning
geografik o’rni ya’ni uning
dengiz va okeanga yaqinligi, qirg’oq
chiziqlarining xususiyati, turli xil suv, avtomobil va temir yo’llar bilan kesishish joyi,
tog’li va o’rmon manzarali joylarga yaqinligi, ular bilan ta’minlanganlik darajasiga
ham bog’liq bo’ladi.
Xalqaro turizmning rivojlanishida madaniy-tarixiy shart-sharoitlar
, etnik shart-
sharoitlar bilan qushilib ketadi. Arxitektura obyektlari, muzeylar, rasmlar galereyasi,
mahalliy musavvirlar ishlari, tarixiy yodgorlik, obidalari ham xorijiy turistlarni o’ziga
jalb qiladilar. Tarixiy yodgorliklar va boshqa xalqlar madaniyatiga qiziqish xalqaro
turizmning eng muhim stimullaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: