xizmatlarini rivojlantirish asosiy o’rinni egallaydi. Mehmonxona xizmatlarining
sifatini boshqarish masalalarini xal qilishda mexmonxona korxonalarini shinamlik
darajasiga karab tasniflash katta rol uynaydi. Bundan tashqari, xodimlarga va
ularning tayyorgarligi: ma’lumoti, malakasi, yoshi, sog’ligi, chet tillarni bilishi,
tashqi ko’rinishiga ham bir qancha talablar qo’yiladi. Mamlakatimizda hozirgi kunda
ko’plab mehmonxonalar qurilmoqda. Ayniqsa xususiy turistik mehmonxonalar soni
oshib borayapti, jumladan Samarqand viloyatida hozirgi kunda 50 ta zamonaviy va
milliy uslubda qurilgan mehmonxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. 2007 yil mobaynida
zamonaviy va milliy uslubda qurilgan 10ta mehmonxona ishga tushirilib,
mehmonxonalarni qabul qilish quvvati yana 320 o’ringa kupaydi. Bu yerda asosiy
o’rinni sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlashdir.
Ovqatlantirish infrastukturasida yutuqlarimiz ko’proq, mehmonxonalar
qoshidagi yoki yakka tarzda restoran, bar, kafelar, yaxshi ishlab nafaqat turistlarga,
balki mahalliy aholiga xizmat ko’rsatmoqda. Ayrim oqvatlantirish obyektlarining
ahvoli, xizmat ko’rsatish darajasi talabga javob bermaydi. Agar ovqatlantirish
obyektlari sanitariya holati nazorat qilinib, ovqatlar va xizmat ko’rsatishning turli ish
shakllari joriy etilsa, ijobiy yutuqlarga erishgan bo’lamiz.
Hozirgi paytda turizmni rivojlanishida bank vamoliyaviy tashkilotlar xizmatlarining o’rni katta. Turistlar sayohatda va dam olishda xilma-xil xizmat
turlaridan foydalanishni hohlaydilar. Ya’ni, o’z hohishi bo’yicha biror narsa sotib
olishni istashadi. Bunda ular ko’ngil ochish uchun har kuni ko’p miqdorda pul
sarflashadi. Shu sababli bu xizmat turini takomillashtirish turistlarga qo’layliklarni
keltirib chiqaradi.
Axborot xizmati ham turistik resurslardan unumli foydalanish uchun juda
zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda, hamda sayohat vaqtida o’zi boradigan
joy haqida, o’sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun-qoidalari, odatlari,
mehmondo’stligi haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarga, shuningdek, o’sha joyning
xaritasiga, transport magistrallari sxemasiga muxtoj bo’ladi. Sayohat va turistlarning
sarguzashtlari haqidagi ma’lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko’rinishida
chop etiladi va bu holat turistlarni sayohat qilishga chorlaydi. Turizmda bo’lajak
turistlarga bepul tarqatiladigan axborotlarni rang-barang ko’rinishida chop etishga
e’tibor qaratish lozim. Bunda turistlar va turizm xizmatlari uchun axborot CD ROM
disklarini chop etish katta samara beradi.
34