Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1.
Turistik resurslardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etishning 
ahamiyati nimada?
2. Barqaror omillarning xususiyatlarini ayting.
3. O’zgaruvchan omillar va ularni turlarini izohlang.
4. Turizm industriyasiga tushuncha bering. 
5.
Turizm infrastrukturasiga tushuncha bering.
35


V.Mavzu. Turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini
baholash
Reja:
5.1.
Turistik – rekreatsiya resurslari va ularni belgilari.
5.2. Turistik resurslarni baholashni turizmdagi ahamiyati.
5.3. Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatdan baholash.
5.1. Turistik – rekreatsiya resurslari va ularni belgilari.
Hozirgi vaqtda ko’pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez rivojlanib 
bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital, texnologiya, hamda malakali ishchi – 
xodimlar orqaligina shakllantirib bo’lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda turistik 
resurslarga ega bo’lish lozim.
Turistik resurslarning asosini rekreatsiya resurslari tashkil etadi. Rekreatsiya 
resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va 
davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir.Kelib chiqishi va 
foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreatsion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy 
va antropogen rekreasion resurslar.
Tabiiy rekreatsion resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, 
go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari, tog’ 
etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh 
maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan 
shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil 
mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy rekreasiya 
resurslaridir.
Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san’at 
obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreatsiya maqsadida foydalish mumkin 
bo’lgan ijtimoiy obyektlar, antropogen rekreatsiya resurslariga kiradi. Undan 
tashqari, rekreasion resurslarni qo’yidagi asosiy belgilariga ko’ra ajratish mumkin:
- landshaft – iqlimiy xususiyati;
- tabiiy resurslar potensial zahirasi;
- jozibadorlik va sayyohlik ahamiyati;
- qo’laylik va foydalanish imkoniyati;
- manzara va ekologik xususiyati;
- ijtimoiy – demografik xususiyati.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin