Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatdan baholash



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

5.3. Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatdan baholash.
Turistik – rekreatsiya resurslarini mutaxasislar asosan miqdor va sifat jihatdan 
baholashni taklif etishgan. Miqdor jihatdan baholashda turistik faoliyatda foydalanish 
mumkin bo’lgan turistik resurslar hisobi olinadi hamda baholashda qo’yidagi xislatlar 
hisobga olinadi:
1.
Zahira ko’rsatgichi, ya’ni hududiy rekreatsion tizimning qabul qilish potensiali;
2.
Mavjud resurslarni maydon ko’rsatgichi, ulardan rekreatsiya maqsadida 
foydalanish imkoniyati;
3.
Rekreatsiya resurslaridan mavsum sifatida foydalanishning davomiyligi.
Bu bahoni Samarqand viloyati misolida ko’radigan bo’lsak, birinchi navbatda 
viloyatning turistik obyektlarini o’rganishimiz lozim. Quyida Samarqand viloyatning 
turistik obyektlari 3-jadval asosida ko’rsatilgan. 
37


Jadval 3.
Samarqand viloyatining turistik obyektlari
Tumanlar
Turistik obyektlar nomi
Samarqand shahri Ulug’bek abservatoriyasi
,
Xo’ja Doniyor payg’ambar ziyoratgohi, 
Ishratxona, Qadimiy Siyob arig’i, Afrosiyob arxeologik muzeyi va 
xarobalari, Xazrati Xizir masjidi, Shohi – Zinda majmuasi, Bibixonim 
ansambli, Siyob bozori, Registon ansambli, Al-Motrudiy maqbarasi, 
Ruhobod maqbarasi, Amir Temur maqbarasi, shahar bosh jomye masjidi, 
O’lkashunoslik muzeyi, Samarqand bosh tarixiy muzeyi,.
Universitet xiyobonidagi qadimiy chinorlar va boshqa daraxtlar, Alisher 
Navoiy muzeyi, SamDU arxeologik, zoologik muzeylari, shahar istirohat 
bog’lari, shifobaxsh chashma buloqlar, qadimiy mahallalar.
Samarqand 
tumani
Xo’ja Ahrori Vali Ziyoratgohi, Mironqul, Sazag’on, Ohalik Dam Olish 
Maskanlari, Ohalik tog’i soyliklaridagi xushmanzara dam olish maskanlari, 
milliy an’analar, yog’och o’ymakorligi, metallga ishlov berish, milliy urf 
odatlar.
Urgut tumani
Chor chinor, chinorlar va buloqlar, G’ovsul A’zam ziyoratgohi, Xo’jabtol 
ota, Miqqilloq tosh, Teshiktosh, Qaynar, Shirvog’ota ziyoratgoh va dam 
olish maskanlari, «Toshqo’y» tabiiy haykali, Bug’jamatosh, Toshkelinchak, 
Go’rimor tabiiy tosh shakllari, Lev, Qaynarbuloq, Rohatbuloq buloqlari, 
Omonqo’ton dam olish maskanlari, Eski davon yo’llari, taxti Qorachabegim 
saroyi xarobolari va b.
Bulung’ur tumani Qadimiy Tuyatortar kanali, Fozil Yo’ldosh o’g’li uy muzeyi, xalq 
etnografik folklor ansambllari, mahalliy hunarmandchilik va b.
Jomboy tumani
Xolvoyi qishlog’idagi qadimiy chinorlar, Zarafshon daryosi va uning 
Oqdaryo va Qoradaryoga ajralishi, Zarafshon qo’riqxonasi, xalq milliy 
an’analari va urf-odatlari.
Ishtixon tumani
Qoradaryo sohillari, shayxlar qo’rg’oni xalq milliy san’ati, milliy an’analar, 
urf-odatlar va b.
Kattaqo’rg’on 
tumani
Kattaqo’rg’on suv ombori, Andoqiy ziyoratgohi va bulog’i, «cho’kkan 
tuya» shaklidagi tabiiy yodgorliklar va milliy an’analar.
Narpay tumani
Qo’chqorli ota ziyoratgohi, Qo’tirbuloq dam olish maskani, shifobaxsh 
bulog’i va avliyo baliqlari, Qo’shtepa ikkita tabiiy tosh tepalik va milliy 
an’analar. 
Nurobod tumani
Xazrati Dovud ziyoratgohi va g’ori, Tim qishlog’idagi qadimiy archalar, 
Qarnobcho’l ekolandshaftlari, xalq hunarmandchiligi, jumladan jun yigirish, 
gilam to’qish, ko’pkari o’yinlari, milliy kurash, qadimiy sardobalar va b.
Oqdaryo tumani
Mahdumi A’zam Dahbediy ziyoratgohi, Oqdaryo daryosi sohillari dam 
olish maskanlari, Miyonqol oroli ekolandshafti, xalq milliy an’analari.
Payariq tumani
Imom Buxoriy masjid majmuasi va ziyoratgohi, Navro’ztepa, 
G’ilmonsoytepa, Oqtepa tabiiy tepaliklari, xalq milliy an’analari va b.
Pastdarg’om 
tumani
Qadimiy Darg’om kanali dam olish maskanlari, milliy an’analar, milliy 
kurash, ko’pkari o’yinlari va b.
Paxtachi tumani
Dobussiya qal’a xarobalari, Zarafshon daryosi sohillari dam olish 
maskanlari, qadimiy sardobalar.
Tayloq tumani
Tayloq ota qo’rg’oni ziyoratgohi, jomye masjidi, istirohat bog’i, 
38


Bandikushon ziyoratgohi va b.
Qo’shrabod 
tumani
Tog’ oldi dam olish maskanlari, Qaynar avliyo bulog’i, milliy an’analar, 
urf-odatlari, mlliy dostonchilik, baxshichilik, Ergash Jumanbulbul o’g’li 
dostonchilik maktabi va b.
Manba: Солиев А.С., Усмонов М.Р. Туризм географияси. Самарқанд: СамДУ, – 2005. 
Jadvaldan ko’rish mumkinki, qanchalik hudud turistik obyektlarga boy 
hisoblansa, turistik mahsulotlar turini ko’paytirish imkoniyati yaraladi. Har bir hudud 
ma’lum tur turistik resurslarga ega bo’ladi. Qaysidir hudud tarixiy obidalarga boy 
hisoblansa, ayrimlari tabiiy turistik obyektlarga boy hisoblanadi. Turistik faoliyatda 
barcha turistik resurslardan bir zaylda foydalanib bo’lmaydi, chunki obyektlarning 
joylashishidagi qo’layligi, jozibadorligi turlicha. Shuning uchun turistik resurslarni 
sifat jihatdan baholash muhim sanaladi. Sifat jihatdan baholashda qo’yidagi belgilar 
e’tiborga olinadi: ta’sirchanligi, ulug’vorligi, joylashuvidagi qulaylik, atrof-muhit 
holati, tabiiy rekreatsiya resurslarining o’ziga jalb qilish qobiliyati va boshqalar.
Turistik – rekreatsiya resurslarini mamlakat milliy boyligi sifatida baholash 
lozim. Yuqoridagi jadvaldan foydalanib, Samarqand viloyati tumanlarini turistik 
resurslarini sifat jihatdan baholash mumkin.
Agarda shartli ravishda besh balli tizimda baholasak, tabiiy turistik resurslari 
imkoniyati bo’yicha Samarqand shahri, Samarqand tumani, Urgut tumani - 5 ballga, 
Nurobod va Qo’shrabod tumani - 4 ballga, Pastdarg’om, Paxtachi va Tayloq 
tumanlari – 2 ballga teng. Tarixiy obidalar va diniy qadamjoli obyektlarga ega 
hududlar imkoniyati bo’yicha, Samarqand shahri va tumani – 5 ballga, Payariq va 
Urgut tumani – 4 ballga, Bulung’ur va Qo’shrabod tumanlari – 1 ballga baholash 
mumkin. Milliy etnografik va madaniy obidalar resurslari bo’yicha Samarqand shahri 
va Kattaqo’rg’on tumanlari – 5 ballga, Nurobod, Oqdaryo va Urgut tumanlari – 4 
ballga, qolgan tumanlarni - 3 ballga baholash mumkin. 
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, Samarqand shahri va tumani, 
Urgut va Payariq tumanlari turistik resurslarga boy hisoblansa, ayrim tumanlarning 
turistik resurs imkoniyati kam. Shu jihatdan tumanlarning turistik resurslari 
potensialini uch kategoriya (yuqori, o’rtacha, past) asosida baholash ham mumkin. 
Bu yerda, Samarqand shahri va tumani, Urgut va Payariq tumanlari yuqori 
kategoriyaga, Nurobod, Kattaqo’rg’on, Narpay va Oqdaryo tumanlari o’rtacha 
kategoriyaga, qolgan tumanlarni past kategoriyaga kiritish mumkin.
Tabiat komplekslarida tabiiy resurslardan foydalanishda ruxsat berilgan 
antropogen yukning normalarini hisobga olish lozim. Bu normalarni shakllantirishda 
biologik va ruhiy jihatdan yondashish lozim. Misol uchun 1ga maydonda nisbatan 
biologik tuzilishga zarar yetkazmaydigan darajadagi odamlar sonini belgilash 
mumkin. Dam olish va turizm faoliyatida tabiiy turistik resurslarni sifatini 
aniqlashdan tashqari, antropogen (madaniy) landshaftlar samaradorligini ham 
aniqlash lozim. 
Tabiiy resurslarni baholashni bir qancha turlari mavjud. Bular: texnologik – 
rekreatsiya faoliyatining u yoki bu turiga resurslarning funksional yaroqliligi, 
fiziologik – shinam, qo’laylik darajasiga ko’ra, psixologik – estetik xususiyatiga 
ko’ra baholanadi. Bu baholashga misol tariqasida qo’yidagi 4– jadvalni ko’rsatish 
mumkin.
39


Jadval 4.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin