VI.Mavzu. Ekologik turizmni rivojlantirish resurslari Reja: 6.1.
Ekoturizm tushunchasi va turlari.
6.2. Ekoturizmning tarkibiy qismlari.
6.3. Ekoturizmning o’ziga xos xususiyatlari.
6.4.
O’zbekistonda ekoturizm resurslari.
6.5. O’zbekistonda ekoturizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
6.1. Ekoturizm tushunchasi va turlari. Dunyo miqiyosida turizmning eng yangi yo’nalishlaridan biri ekologik turizm
yoki ekoturizmdir. «Ekologik turizm» termini birinchi marotaba 1980 yil meksikalik
iqtisodchi G.Seballos –Laskureyn taklif qilgan. Ekoturizmning asosiy maqsadi
sayohat paytida yangi joylarni ko’rish, tabiat go’zalligidan, toza tog’ yoki o’rmon
havosidan bahra olish, «yovvoyi» tabiat bag’rida dam olish, shuningdek, boshqa
xalqlar urf-odati, madaniyati, san’ati, tarixiy obidalarini ko’rishdan iborat.
Turizmning bu ko’rinishi Kanada, AQSh, G’arbiy Yevropa davlatlari, Markaziy va
Janubiy Amerika, Yaponiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda tez rivojlanmoqda.
Ekologik turizm ayniqsa Avstraliyada yaxshi rivojlangan bo’lib, bu soha bo’yicha
maxsus dasturlar yaratilgan.
Ekologik turizmni tashkil etish va rivojlanishi uchun obyektlar bo’lib,
quyidagilar xizmat qiladi:
- milliy bog’lar, davlat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari;
- botanik bog’lar;
- davolash-sog’lomlashtirish joylari va kurortlar;
- qo’riqxonalar.
Ekoturizmning muhim obyekti bo’lib, ekologik toza hudud, ajoyib tabiat va
boshqa rekreatsiya resurslari hisoblanar ekan, mamlakatimiz bu resurs turlariga boy
hisoblanadi. Respublakamizda tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at, musiqa va
boshqa turistik resurslar mavjud. O’zbekistonning boshqa mamlakatlarda
uchramaydigan ekzotik tabiati, xilma-xil landshaftlari, flora va faunasi butun turistik
regionning jozibadorligini belgilovchi asosiy omillardir.
Hozirgi vaqtda to’rt xil ekoturizm turlari va ekoturlar mavjud.
1.Ilmiy turizm. Bunda turistlar dala sharoitida kuzatish ishlari olib boradilar,
tabiatda izlanish ishlarida ishtirok etadilar. Masalan Lotin Amerikasi
mamlakatlaridan biri Kolumbiyada, u yerdagi boy qo’shlar olamini o’rganish uchun
«Kolumbiya qushlari» degan ekoturlar o’tkazilib, unda boshqa davlatlardan kelgan
ornitologlar ham qatnashib ilmiy izlanishlar olib boradilar. Bunda turistlar aktiv
harakat usullari qo’llab, tabiiy go’zallikdan bahra oladilar. Ilmiy turizmga chet elga
41
bo’lgan ilmiy-tekshirish ekspedisiyalari va tabiiy fakultetlarda o’qiyotgan
talabalarning dala praktikasi ham kiradi.