Turizmni shakllanishiga asos bo’luvchi turistik resurslar asosan qishloq joylarida
joylashgan. Bu holatni Samarqand viloyati buyicha tahlil etadigan bo’lsak,
viloyatning yer osti va yer
usti gidrologik suv resurslari, tog’, tog’ oldi etaklari hamda
tog’ oralig’i soylarida tabiiy ravishda hosil bo’lgan landshaftlar (tabiat manzaralari),
yam-yashil o’rmonzorlar (Omonqo’ton), tog’u-tosh jins shakllari (Qoratepa), tog’
daralari (chuqurliklari), g’orlar (Hazrati Dovud, Kelsi, Lev),
noyob tabiat
yodgorliklari (Kamongaron, G’us), shifobaxsh buloqlar, Yuqori chinor (Mingchinor),
Qaynar buloq, Rohatbuloq, ajoyib ko’llar (Muz buloq, Alvasti ko’llari), go’zal shar-
sharalar (G’ussoy, Kamangaron) va hakozolar mintaqamiz turizm imkoniyatlarini
yanada oshiradi. Zarafshon daryosi qadimiy turistik obyektlarga boy yaxlit sayyohlik
majmuasi hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, viloyatning tog’, tog’ oldi hududlarida mavjud bo’lgan
beqiyos
shifobaxsh, tibbiyot va boshqa sohalarda keng ko’lamda foydalanadigan
chashma va buloq suvlari o’zining ekologik jihatdan
tozaligi, xilma-xil kimyoviy
elemerntlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ular aholi sog’ligini tiklash,
sog’lomlashtirish, dam olish uchun qo’lay imkoniyatlarni yaratadi va mintaqamizda
rekreatsiya (sog’lomlashtirish, hordiq chiqarish) turizmning ahamiyatini oshiradi.
Bunday tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo’shrobod
va boshqa tumanlari tog’, tog’oldi hududlarida tarqalgan bo’lib,
ulardan turizm
maqsadida foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Viloyatning yana bir qator
tumanlarida va qishloqlarida ming yillik davrga teng qadimiy noyob daraxtlar
(archalar, chinorlar) hanuzgacha saqlanib qolgan. Ular
qatoriga Urgut shahridagi
yuqori Chor Chinor (1020 yillik), Kattaqo’rg’on tumani Qoradaryo qishlog’idagi
chinor (565 yillik), Nurobod tumani Tim qishlog’idagi archa 1000 yillik, Jomboy
tumani Xolvoyi qishlog’idagi ming yillik archalarni misol keltirish mumkin.
Ayniqsa, Jomboy tumanida joylashgan Zarafshon daryosi qayirida joylashgan
Zarafshon qo’riqxonasi betakror o’simlik va hayvonat dunyosining xilma-xilligi bilan
alohida ajralib turadi va mavsumiy hamda qisqa muddatli sayyohlikni tashkil qilish
uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Viloyatning chala cho’l va cho’l hududlari ham
esa o’ziga xos hayvonat va o’simlik dunyosiga ega.
Ularda sudralib yuruvchilar
turkumidan turli xil zaharli ilonlar, cho’l toshbaqalari, qushlardan to’rg’ay,
qarchig’oy, sut emizuvchilardan sariq sassiq ko’zan, kabilar uchraydi.
Mazkur
hududlar o’simlik va hayvonat dunyosiga qiziquvchi
ekoturizm ishqivozlari uchun
yangi turistik marshrutlarni tashkil etishni talab qiladi.
Agroturizmni ma’lum bir mintaqaning o’ziga xos dehqonchilik va chorvachilik
mahsulotlarini yetishtirish jarayonini ko’rsatish maqsadida tashkil etish mumkin. Bu
tajriba Yevropaning bir qancha davlatlarida rivojlangan. Masalan, Fransiya va
Portugaliya mamlakatlarida uzumni yetishtirishdan boshlab, undan turli ichimliklar
olishgacha bo’lgan bir butun jarayon tur sifatida taklif etilgan.
Xuddi shunday
jarayonlarni mamlakatimizda ham rivojlantirish imkoniyatlari keng.
Mamlakatimizning xalqaro darajada ixtisoslashgan tarmog’i hisoblangan paxtachilik
tarmog’ida ham bir qancha turlarni ishlab chiqish mumkin. Bu jarayonni quyidagi
ketma - ketlikda amalga oshirsa bo’ladi:
59