Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


O’zbekistonda turizm infrastrukturasi holati va uni yaxshilash



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

9.3. O’zbekistonda turizm infrastrukturasi holati va uni yaxshilash 
chora – tadbirlari.
Turizm infratuzilmasi deganda – turistlarning turistik resurslaridan 
foydalanishni ta’minlovchi binolar tizimi, muhandislik va kammunikasiya tarmoqlari, 
shu jumladan, yo’llar, turizmning xilma-xil korxonalari hamda turizm 
korxonalarining ishlatilishini ta’minlashga imkon yaratadi. Bu avtomobil va temir 
yo’llar, yo’l harakatini, havo yo’llarini, dengiz va daryo yo’llari harakatini tartibga 
soluvchi tizimlar, issiqlik, elektr va telefon aloqalari bilan ta’minlash va boshqalardir.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida “Turizm to’g’risida” gi qonun, 
2006-2010 yilgacha O’zbekistonda turizmni rivojlantirish bo’yicha davlat dasturi 
to’g’risida qator me’yoriy hujjatlar turistik infratuzilmalarni rivojlanitirish uchun 
kuchli turtki bo’ldi. Respublikamizda 20 dan ziyod turistik yo’nalishlar chet ellik 
turistlarni o’ziga jalb etib kelmoqda. Bu yo’nalishlar asosan YUNESKO tomonidan 
ishlab chiqilgan madaniy tanishuvlar dasturi asosida tayyorlangan bo’lib, O’zbekiston 
Markaziy Osiyodagi muvofiqlashtiruvchi markazlardan biri sifatida ko’rsatilgan.
O’zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlantirishda barcha infrastruktura 
obyektlarini jahon andozalariga yetkazib, turistlar talabini qondirish kerak. Buning 
uchun turizm infrastrukturasining tarkibiy qismlari mehmonxona, transport, oziq-
ovqat, dam olish, davolash va boshqa ko’ngil ochar xizmatlarni yuqori darajada 
ko’tarishimiz mumkin.
Hozir 24 mamlakat bo’yicha 44 marshrutda xalqaro reyslarni xaftada 5-6 marta 
muntazam bajarmoqdalar. Transport infrastrukturasi O’zbekiston miqiyosida yaxshi 
rivojlanmagan. Masalan, “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy Aviakompaniyasi 
strukturasidagi barcha viloyatlar markazini bog’lovchi 12 ta aeroportdan faqat 5 tasi 
xalqaro andozalarga javob bermaydi, lekin ushbu aeroportlarda hozirda ta’mirlash va 
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Ovqatlantirish infrastukturasida yutuqlarimiz ko’proq, mehmonxonalar 
qoshidagi yoki yakka tarzda restoran, bar, kafelar, yaxshi ishlab nafaqat turistlarga, 
ballki mahalliy aholiga xizmat ko’rsatmoqda. Ayrim oqvatlantirish obyektlarining 
ahvoli, xizmat ko’rsatish darajasi talabga javob bermaydi. Agar ovqatlantirish 
obyektlari sanitariya holati nazorat qilinib, ovqatlar va xizmat ko’rsaishning turli ish 
shakllari joriy etilsa, ijobiy yutuqlarga erishgan bo’lamiz.
Turizmni rivojlanitirishda mamlakatimizning diqqatga sazavor joylari faoliyatini 
kengaytirish muhimdir. Shuning uchun ham tarixiy va zamonaviy arxitektura 
obyektlari ahvolini saqlash har birimizning burchimizdir. Agar Samarqand, Buxoro, 
Xiva va Toshkent shaharlarida xalqaro turizm uchun maxsus ochiq iqtisodiy hududlar 
67


tashkil qilish bo’yicha qonunlar amalda joriy etilsa, tarixiy obidalarimizni 
rekonstruksiyalashga jiddiy e’tibor beriladi. Chunki bu obidalar mamlakatimizning 
buyuk o’tmishi, allomalari va unitilmas tarixidan dalolat beradi.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda turizm bozorida juda keskin raqobat vaziyati 
xukm surmoqda, shuning uchun iqtisodiy qonunlar, menejment, marketing bilimlarini 
o’rganmasdan turib, biznesdagi raqobat kurashida g’olib bo’lish mumkin emas. 
Aynan shu bilimlar turistik biznes mutaxassislariga zarur qarorlarni qabul qilishga, 
faoliyatini rejalashtirishga xatoliklarga yo’l qo’ymaslikka, korxonani gullab 
yashnashga imkon yaratadi.
O’zbekistonda 4000 ta turistik obyektlardan faqat 500 ga yaqini xizmat 
ko’rsatib, qolganlari esa restavlasiyalash duchun yirik miqdordagi investisiyani talab 
qiladi. Shuning uchun ham turizm moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, 
ko’rsatilayotgan sifati va darajasini oshirish uchun “O’zbekturizm” Milliy 
kompaniyasi investision programma ishlab chiqqan bo’lib, u 1998-2005 yillarni o’z 
ichiga olgan edi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin