maqsadida foydalanish tashkil etilmagan. Shu sababdan milliy madaniy va tabiiy
merosimizni turizm faoliyati maqsadida har jihatdan o’rganish va muhofaza etish o’ta
muhimdir. YUNESKOning «Butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza
qilish» konvensiyasida har bir davlat o’z hududidagi madaniy va tabiiy merosini
muhofaza etishi, uni targ’ibot etishi, bunda o’zining samarali siyosatini olib borishi
lozimligi ta’kidlanadi.
O’zbekistonning turistik resurslar fanining obyekti
sifatida mamlakatimizdagi
barcha turizm faoliyatida foydalanish mumkin bo’lgan turizm obyektlari hisoblanadi.
Mamlakatimizning betakror tabiat go’shalari, ya’ni tog’- vodiylari, cho’lu-dashtlari,
boy madaniy-tarixiy merosi, ajoyib tarixiy arxitektura yodgorliklari,
urf-odatlari,
milliy resurslarning bisyorligidan darak beradi.
Fanning obyektidan, mazkur fanning predmeti kelib chiqadi. Bu fanning
predmeti turistik resurslarni, turlari va mohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, hudud
bo’yicha joylanish xususiyatlarini, milliy iqtisodiyotda
samarali foydalanishni,
ekologik-iqtisodiy xususiyatlarini, turizm faoliyatida foydalanish va muhofaza
qilishni o’rganishdan kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: