Dengiz plyaji
1
5
ichki suv
havzasi
jumladan, bolalarga
1
1
8
4
daryolar
1
5-10
oqmas suv havzalari
1
10-15
Manba: A.A.Rafiqov va boshqalar. Ekologiya. T:.2004
Jadvaldan ko’rish mumkinki, agarda suv havzasi maydoniga nisbatan
cho’miluvchilar soni oshib ketsa, u holda suvning ifloslanishi ortib, insonlarda turli
kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bahor oylarida tog’ yonbag’rlari, qirlar,
adirlarda dam oluvchilar soni keskin ortadi. Bunda dam olish hududiga nisbatan dam
oluvchilar soni ancha ortiq bo’ladi. Bu jarayonda turli giyohli, manzarali
o’simliklarga
ziyon yetkiziladi, atrof – muhit turli chiqindilar bilan ifloslanadi,
natijada ekologik muvozanat buziladi.
Rekreatsiya faoliyatining ana shunday samaradorligi tabiiy omillarning foydali
ta’siri va bunday faoliyatni ushbu omillar mavjud hududlarda tashkil etish bilan
bog’liqdir.
Rekreatsiya sohasini rivojlantirish va joylashtirish, uning samaradorligini
oshirish muammolarini hal etishda quyidagi vazifalarni hal etishga alohida ahamiyat
beriladi:
-
tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish imkoniyatlarining
optimal strukturasini
shakllantirish;
-
tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish va boshqa sohalarda
tabiatdan foydalanishni taqqoslab baholash;
-
tabiiy rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish, ulardan rasional foydalanish,
ularni takror ishlab chiqarish bo’yicha xo’jalik tadbirlarini baholash;
-
tabiiy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash.
Rekreatsiya samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va
ta’riflanadi:
1.
Tadbirlar maqsadi, ya’ni rekreatsiya faoliyatining
kutilayotgan va erishish
mumkin bo’lgan natijalari.
2.
Rekreatsiya faoliyatining konkret mintaqaviy va ijtimoiy- demografik
xususiyatlarini eng pastki darajadagi sharoitlarini ta’riflovchi tegishli
ijtimoiy
standartlar.
3.
Tadbirlar natijasi, ya’ni tadbirlarning har biriga asoslanib tashkil etish mumkin
bo’lgan variantlari yoki quyilgan maqsadga erishishning muqobil yo’llari.
4.
Tadbirlar variantining har birini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan
resurslar
xarajati (tabiiy rekreasiya resurslarini qo’shib).
5.
Hisob-kitob sharoitlarida qo’yilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilishi
mumkin bo’lgan (resurslar bo’yicha cheklovlar )
resurslar va ayniqsa ko’rib
chiqilayotgan hududlarning tabiiy rekreatsiya resurslari.
Ko’rsatilgan besh guruh ta’riflar samaradorlikni baholash maqsadida iqtisodiy-
matematik modellarni shakllantirish uchun yetarlidir. Bundan tashqari ular tadbirlar
natijalarini qo’yilgan maqsadlar, real ajratilishi mumkin bo’lgan resurslar bilan talab
qilinadigan resurslar xarajatiga taqqoslashga imkon beradi. Bular yo’l qo’yish
74
mumkin bo’lgan qarorlarni shakllantirishga va variantlarni yo’l qo’yish mumkinligi
nuqtai nazaridan dastlabki baholashga yordam beradi.
Barcha beshta guruh ta’riflar yoki natijalarning (1-3 – guruhlar) yoki
xarajatlarning (4 va 5 - guruhlar) tarifini beradi. Rekreatsiyada tabiatdan foydalanish
faoliyatining ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini xo’jalik tadbirlari natijalarining
ayrim tomonlarini ifodalaydigan natural-moddiy, sifat va qiymat tavsiflarining
o’zaro bog’liq ko’rsatkichlari tizimida aks ettiriladi.
Natural ko’rsatkichlarda qo’yidagilar ifodalanadi:
-
rekreatsiyada tabiatdan foydalanish sohasida amalga oshirish mo’ljallanayotgan
tadbirlarning aholini qamrab olishi (hisoblangan kontingent odamlar)- xizmat
ko’rsatiladigan odam-kun miqdori yoki bir yilda xizmat ko’rsatiladigan
aholi
soni, xizmat ko’rsatish va sifati (kategoriyasi)bo’yicha alohida hisoblar;
-
marshrut, dam olish dasturi, hududlar yoki barpo etiladigan obyektlarning
quvvati (qancha kishi qabul qilish imkoniyati);
-
ijtimoiy natijalarga imkon beradigan rekreasiya faoliyatiga aholi sarflaydigan
vaqt;
-
aholining rekreasiya faoliyatiga kiradigan vaqt sarfining qisqarishi bilan bog’liq
bo’lgan vaqtini tejash (rekreasiya xizmatini kutish).
Nisbiy ko’rsatkichlarda xizmat ko’rsatish sifatining ekspert bahosi, hududlar va
obyektlarning xossalari (funksionalligi qulayligi bilan birga, shinamligi, nafosati,
tashqi ko’rinishining o’ziga jalb etishi, atrof-muhit bilan uyg’unligini ham qo’shib)
ifodalanadi (odatda ballarda hisoblanadi).
Qiymat ko’rsatkichlarida quyidagilar aks ettiriladi:
-
belgilangan baholarda mahsulotlar va xizmatlarni realizasiya
qilishning yillik
hajmi va ularni realizasiya qilishdan olingan foyda;
-
sog’liqni saqlash muassasalarida kasallanishning kamayishi bilan bog’liq
bo’lgan xarajatlarning shartli – hisoblangan kamayishi;
-
mehnat unumdorligining oshishi xodimlar kvalifikasiyaning oshishi bilan
bog’liq bo’lgan ijtimoiy infratuzilmani barpo etish va uning xizmatiga
xarajatlarning kamayishi;
-
aholi vaqtni tejashining qiymat bahosi.
Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari, mavjud
resurslar asosida dam olish, sog’lomlashtirish uchun qulay shart – sharoit yaratish
bilan bog’liq. Bu birinchi jihatdan, tegishli infratuzilmani tashkil etishni talab etadi.
Rekreasiya infratuzilmasi – dam olish obyektlari (sanatoriya, kurort, pansionat va b.)
transport kommunikasiyalari, elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa xizmat ko’rsatish
tarmoqlari (sport maydoni, suv havzasi, ovqatlantirish tarmoqlari, klub, telefon
tarmog’i va b.) bilan ta’minlangan majmuadir. Rekreasiya infratuzilmasi qanchalik
takomillashgan bo’lsa, dam oluvchi va sog’ligini tiklovchilar uchun qulay sharoitga
ega ekanligini bildiradi, hamda bu yerga keluvchilar sonini oshishiga olib keladi. Bu
esa o’z navbatida iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.
Ikkinchi jihatdan, dam olish maskanlarining malakali mutaxasislar bilan
ta’minlanishi katta samara beradi. Mamlakatimiz
rekreasiya resurslariga boy
bo’lsada, ulardan talab darajasida foydalana olmayapmiz. Bu esa, qanchadan –
75
qancha iqtisodiy daromatdan qolayotganimizni bildiradi. Shuning uchun ayni vaqtda
quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:
-
Hududiy rekreasion tizimning qabul qilish potensiali aniqlash;
-
mintaqalar bo’yicha dam olish va davolanish muassalarni tabiiy – iqlimiy
sharoit, mineral suv va boshqa rekreasiya resurslaridan kelib chiqib joylashtirish;
-
ovqatlantirish, kommunal va madaniy xizmat ko’rsatish tarmoqlarini, hamda
suvenir mahsulotlari ta’minotini yaxshilash;
-
zamonaviy transport, yo’l tarmoqlari va aloqa vositalarini
rivojlantirish;
-
mehnat resurslaridan samarali foydalanish;
-
rekreasiya maqsadida foydalanishda tabiat muhofazasiga e’tibor qaratish.
Dostları ilə paylaş: