Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik – rekreasiya jihatdan rayonlashtirishning belgilari va



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

12.2. Turistik – rekreasiya jihatdan rayonlashtirishning belgilari va 
xususiyatlari.
Rekreasiya maqsadida rayonlashtirishda rekreasiya resurslari xususiyatlarini, 
hamda mintaqani rekreasiya sifatida qabul qilish sig’imini o’rganish talab etiladi. Bu 
maqsadda rayonlashtirish ishlari bilan bir qancha olimlar shug’ullanishgan. Kotlyarev 
Y.A turistik – rekreasiya jihatdan rayonlashtirishda quyidagi belgilarni asos qilib 
olishni taklif qilgan:
1. Ma’lum hududni kurort – sog’lomlashtirish xo’jaligini ixtisoslashuvi jihatdan 
ifodalash.
2. Kurort – turistik – sog’lomlashtirish xo’jaligini moddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlari bilan aloqasi uyg’unligida ifodalash.
3. Butun aholiga nisbatan, mehnat resurslaridan kurort – turistik – 
sog’lomlashtirish xo’jaligida band mehnat resurslari ulushi jihatdan belgilash. 
Kotlyarev Y.A. ko’lamiga ko’ra turistik – rekreasiya rayonlarni 4 guruhga 
ajratadi: respublika (o’lka, viloyat), rayon, rekreasion joy (hudud), rekreasion 
mikrorayon.
Rus olimlaridan A.M.Vetitnev va L.B.Juralevalar esa turistik – rekreasiya 
jihatdan rayonlashtirishda 4 jihatga e’tibor berishgan:
1. Ijtimoiy
2. Iqtisodiy
3. Geografik
4. Ekologik
Ijtimoiy nuqtai nazardan aholini jismoniy, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish 
hisoblansa, iqtisodiy nuqtai nazardan turistik xizmat ko’rsatishni boshqa xalq 
xo’jaligi tarmoqlari bilan aloqada, majmua sifatida shakllanishi hisobga olinadi.
Geografik jihatdan turizm sohalarida hududiy mehnat taqsimoti shakllanishi, 
hududda rekreasiya resurslarining foydalanish darajasiga e’tibor qilinadi. Ekologik 
jihatdan olganda, rayonlashtirishda insonni o’rab turgan atrof – muhit va rekreasiya 
resurslaridan samarali foydalanish va muhofaza qilish nazarda tutiladi. 
Umuman olganda, rayonlashtirishda obyekt hududiy uzluksiz ko’rinishida yoki 
hodisa va voqyelik hududning ayrim joylarida mavjud bo’ladi. Shu jihatdan turistik 
rayonlashtirish ko’p jihatlarga bog’liq. Bularga:
- tabiiy landshaftlarni jozibadorligi nuqtai nazardan;
- ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan;
- madaniy – tarixiy nuqtai nazardan qarashga bog’liq.
Turistik rayonlashtirishda tabiiy landshaftlarni jozibaligi hisobga olinganda 
geografik omillar (relyef, iqlim, cho’l, tog’, voha va boshqa lanjshaft rayonlari) asos 
vazifasini bajaradi. Bunday rayonlashtirish butun mamlakatni qoplab oladi. Ijtimoiy – 
iqtisodiy hamda madaniy – tarixiy nuqtai nazardan turstik rayonlashtirishda, 
arxeologik yodgorliklar, arxetektura hamda shaharsozlik obyektlari, ziyoratgohlar va 
boshqa turistik obyektlar hududning faqat ayrim joylarida uchraydi. Shuning uchun 
ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy – tarixiy obyektlarni turistik jihatdan 
rayonlashtirishda murakkabliklar mavjud.
84



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin