Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


O’zbekistonda turistik rayonlashtirishda yondoshuvlar



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

12.3. O’zbekistonda turistik rayonlashtirishda yondoshuvlar.
Turistik rayonlashtirish sohaviy yoki tarmoq rayonlashtirish turkumiga kiradi. 
Bunday rayonlashtirishda hududiy mehnat taqsimoti va hududiy ixtisoslashuv asos 
qilib olinadi. Turistik rayonni shakllantiruvchi omillar sifatida tabiat landshaftlari, 
ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy – tarixiy obyektlar va turistik infrastruktura xizmat 
qiladi (A.S.Soliyev, M.R.Usmonov, Turizm geografiyasi. 2005).
O’zbekistonda turistik rayonlashtirish mutaxasislar tomonidan keyingi yillarda 
amalga oshirilmoqda. Bu borada ham turli qarashlar mavjud. Masalan, 
M.R.Usmonov o’zining tadqiqotlarida mamlakatimizda 6ta turistik rayonni ajratgan 
(Toshkent, Mirzacho’l, Farg’ona, Zarafshon, Janubiy, Qo’yi Amudaryo turistik 
rayonlari). A.N.Norchayev esa o’z tadqiqotlarida 7ta turistik rayonni ajratgan 
(Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg’ona, Jizzax - Sirdaryo, Qashqadaryo - 
Surxondaryo turistik rayonlari). Biz yuqoridagi medologik asoslarga ko’ra 
mamlakatimizni quyidagicha rayonlashtirishni taklif qildik:
1. Toshkent turistik rayoni (Toshkent viloyati);
2. Farg’ona turistik rayoni (Farg’ona, Namangan,Andijon viloyatlari);
3. Mirzacho’l turistik rayoni (Jizzax, Sirdaryo viloyatlari);
4. Samarqand turistik rayoni (Samarqand viloyati);
5. Buxoro – Qizilqum turistik rayoni (Buxoro, Navoiy viloyatlari);
6. Janubiy turistik rayoni (Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari);
7. Quyi Amudaryo (Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi).
12.4. O’zbekistonning turistik rayonlari tavsifi.
Toshkent turistik rayoni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan iborat 
mintaqa hisoblanadi. Toshkent shahri – Markaziy Osiyoning eng yirik shahri – 
O’zbekistonning Respublikasi poytaxtidir. Toshkent qadimiy shaharlardan 
hisoblanib, u haqidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan oldingi II asrdagi Xitoy 
solnomalarida uchraydi. Hozirgi kunda Toshkent yirik transport tuguni sifatida (havo, 
temir yo’l, avtomobil) o’zida mamlakatimizning tarixiy o’tmishini eslatib turuvchi 
taraqqiy topgan zamanoviy sanoat shahridir. Shuningdek, Toshkent turistik rayoni 
turistik resurslarga boy hisoblanib, mahalliy va halqaro ahamiyatdagi sayyohlikni 
rivojlantirish imkoniyatlariga ega. Mazkur rayonda madaniy – tarixiy, tabiiy 
rekreasiya resurslari mavjud. Bu yerda Oqtosh, Xumson, G’azalkent, Tovoqsoy, 
Boldirsoy, Chorbog’, Chimyon, Kumushkon, So’qoq, Ohangaron, Yangiobod, 
Ertosh, Ko’ksaroy, Qizilchi kabi dam olish va davolanish resurslariga ega. Rayonning 
turli tekislik va tog’li qismida ekskursiya obyektlari va shifobaxsh maskanlari ko’p. 
Bu rayonda Botanika, Turon, Chinobod, Toshkent mineral suvi, 8 mart, Qibray, 
Bo’ston, Zangchi ota kabi bir qancha sanatoriya va kurort zonalari joylashgan. 
Yuqoridagi tabiiy rekreasiya resurslaridan kelib chiqib ekologik turizmni tashkil etish 
imkoniyatlari bisyor. Ayni kunda Chotqol davlat qo’rio’xonasiga turli marshrutlarni 
85


yaratish katta samara beradi. O’z navbatida Toshkent turistik rayoni madaniy-tarixiy 
hamda ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarga boy hisoblanadi. Toshkent shahrida ko’plab 
muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy san’at muzeyi haykallar, rasmlar va turli 
hunarmandchilik mahsilotlarining yirik to’plamiga ega. O’zbekiston Amaliy San’at 
muzeyi 30 mingdan ortiq hunarmandchilik mahsulotlari va qimmatbaho 
taqinchoqlariga ega. Undan tashqari XVI asrning ajoyib yodgorligi Baroqxon 
madrasasi, XIV asrga oid Ko’kaldosh madrasasi kabi qadimiy arxitektura 
yodgorliklari va zamonaviy Amir Temur xiyoboni, Mustaqillik maydoni kabi turli 
bog’ va maydonlar ham turistlarni jalb qiluvchi obyektlardir.
Mazkur turistik rayonda turizm infratuzilmasi boshqa rayonlarga nisbatan ancha 
rivojlangan. Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati tog’oldi mintaqalaridagi 
turistik obyektlarda mehmonxona va dam olish maskanlarida turistlarga xizmat 
ko’rsatish darajasi yildan – yilga yaxshilanmoqda. Bu albatta yuqori darajada 
urbanizasiyalashgan hudud uchun ayniqsa muhimdir.
Toshkent shahrini 2007 yil «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilinishi 
natijasida poytaxtimizning dovrug’i yanada oshdi vash u bilan birga hukumatimiz 
tashabbusi bilan ko’pgina qadimiy yodgorliklar qayta ta’mirlanib o’z jozibadorligini 
yanada oshirdi. Bu shundan dalolat beradiki, mazkur turistik rayonda turizmni 
rivojlanishi istiqbollari yana ham kengayib boradi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin