Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Farg’ona turistik rayoni respublikamizning uch viloyatidan iborat (Farg’ona, 
Andijon, Namangan), eng so’lim, tabiati go’zal maskandir. Rayon o’zoq tarixga ega 
hunarmandchilikning yirik markazi sifatida hozir ham ahamiyatini yuqotmagan. 
Qadimiy shaharlardan hisoblangan Qo’qon shahrida bir qancha arxitektura 
yodgorliklari mavjud. Masalan, Qo’qonning oxirgi xoni Xudoyorxon saroyi, 
Modarixon maqbarasi shular jumlasidandir. 2700 yil yoshga kirgan Marg’ilon 
(2007y) X asrda o’zining ipak matolari bilan mashhur bo’lgan. Marg’ilonning 
monumental yodgorliklaridan bezatilgan, masjid, minora, maqbara va kaptarxonadan 
iborat bo’lgan Kaptarlik kompozasiyasi (XVIII) hamda Shouda masjidini ke6ltirish 
mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek turistik rayonda milliy hunarmandchilik 
taraqqiy etgan. Shu o’rinda Marg’ilon ipaklari, shoyilari va do’ppilari, Chust 
pichoqchiligi, charmdo’zligi, Rishton kulolchilik mahsilotlari hamda Andijon, Asaka, 
Pop, Qo’qon, Shahrixon kabi shaharlari ham ma’lum hunarmandchilik turlari bilan 
turistlarini jlb qilish imkoniyatiga ega. Yozyovon cho’llari noyob cho’l landshafti 
bo’lsa, Axsi, Eski Pop, Tuproqqal’a ekoturistik obidalar va rayon etnografiyasi, 
san’ati, madaniyati, urf-odatlari (tuylari, milliy uyinlar) hamda choyxonalari turistik 
qiziqishni orttiruvchi resurslardir.
Turistik rayon tabiiy – rekreasiya resurslariga ham boydir. Hozirgi kunda 
mazkur turistik rayonda 55 ga yaqin noyob tabiiy turistik obyektlar hisobga olingan. 
Dam olish va davolanish maskanlariga Chortoq, Chimyon, Shohimardon, Vodil 
kabilarni misol keltirish mumkin. Undan tashqari Namangan viloyatidagi Chortoq, 
Gulshan dam olish va davolvnish sihatgohlari, Baliqko’l, Nanay, G’ova, Mavlono 
Lutfullo, Parda Tursun kabi dam olish maskanlari va ziyoratgohlari, Andijon 
viloyatidagi Shirmonbuloq, Xonobod, Dilkushod dam olish maskanlari, Qutayba Ibn 
Muslim, Imom ota, Qambar ota va boshqa diniy ziyoratgohlar rayonni turistik 
resurslar salohiyatini belgilaydi. Vodiyda 50 dan ortiq mineral suv manbalari mavjud. 
86


Misol uchun turli kasalliklar davolanayotgan Chortoq mineral suvi 1946 yilda 
ochilgan.
Hozirgi kunda rayonda mahalliy turizm ancha rivojlangan bo’lib, ammo chet el 
turistlarini jalb qilish nisbatan past darajada. Chunki, birinchidan, rayon turistik 
nuqtai nazardan yaxshi o’rganilmagan, ikkinchidan, turistik infratuzilma yuqori 
darajada takomillashmagan. Agarda yuqoridagi muammolar o’z yechimini topsa, 
mintaqa mamlakatimizning turistlarni qabul qiluvchi asosiy markazlariga aylanadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin