Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Mirzacho’l turistik rayoni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Mirzacho’l turistik rayoni o’zining tabiiy rekreasiya resurslari, o’ziga xos 
landshaft zonalari va qadimiy manzilgohlari bilan mashhur. Jizzax viloyatining 
Morguzar va Turkiston tog’ tizmalaridagi tabiiy va rekreasiya maskanlari, Sangzor 
daryosi havzasining landshaft zonalari ushbu rayonning turizm imkoniyatlarini 
oshiradi. Undan tashqari Zomin va Baxmal tog’ va tog’oldi mintaqalari aziz 
qadamjolar hamda dam olish maskanlariga boy hisoblanadi. Turistik rayonda 
ekologik turizmni rivojlantirish borasida amaliy ishlar boshlangan. «Ekosan» xalqaro 
jamg’armasining ekoturizm bo’linmasi tomonidan Jizzax viloyatining Zomin milliy 
bog’i va Nurota qo’riqxonalariga marshrutlar ishlab chiqilgan. Zomin milliy bog’i 
Toshkentdan 250 km o’zoqlikda bo’lib, viloyatdagi Tureiston tog’ tizmasining 
shimoliy yonbag’rida joylashgan. Bog’ning umumiy maydoni 24,1 ming ga, shundan 
12,1 ming ga o’rmonlar va 16,7 ming ga o’rmon bilan qoplangan yerlardan iborat. 
Milliy bog’ rekreasion zonalardan iborat. Unga ekologik turizmni soylar bo’ylab, 
hamda tabiatning ajoyib obyektlariga piyoda va otlarda uyushtiriladi.
Nurota davlat qo’riqxonasi Jizzax viloyati Forish tumanida Nurota tog’ 
tizmasining yonbag’rida joylashgan. Umumiy maydoni 17,7 ming ga bo’lib, turistik 
marshrutlar piyoda va otlarda uyushtiriladi. Marshrutlar asosan ibtidoiy jamiyatning 
toshlarga chizilgan rasmlari, relikt daraxtlar, Seversov qo’ylarining tabiatdagi 
populyasiyasini o’rganish va tomosha qilishga asoslangan. 
Undan tashqari Jizzax viloyatining Baxmal tumani so’lim go’shalari, hamda 
muqaddas ziyoratgohlarga boy hisoblanadi. Bunda G’allaorol tumanidagi Sadir 
Vaqqos avliyosini qo’shib hisoblaganda 11 ta muqaddas joylarni ziyorat qilish qo’lay 
hisoblanadi. Bu ziyoratni Qirqqiz avliyo – Do’lana avliyo – O’smat ota – Novqa ota – 
Mir Said Ahmad – Bog’imazor ota – Jo’m-Jo’m ota – Azizlar – Terakli ota – Xo’ja 
Ko’ndalang – Sadir Vaqqos avliyo yo’nalishida tashkil etish mumkin.
Mazkur turistik rayonda turizmni rivojlantirishning asosiy muammosi turizm 
infratuzilmasini yaxshilashdir. Mintaqada turistik xizmat ko’rsatishning barcha 
tarmoqlarini rivojlantirish talab etiladi. Shunda, mazkur mintaqada iqtisodiyotida 
turizm o’z o’rniga ega bo’ladi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin