Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Janubiy turistik rayon ma’muriy jihatdan Qashqadaryo va Surxondaryo 
viloyatlaridan iborat bo’lib, tarixiy va tabiiy turistik resurslarga ega. Qashqadaryo 
viloyati o’zining qadimiy shaharlariga ega. Qadimda yirik savdo va hunarmandchilik 
markazi hisoblangan Shahrisabz shahri Amir Temur qurdirgan Oqsaroy ansambli 
ko’plab diniy ziyoratgohlarga boydir.Viloyat markazi hisoblanagan Qarshi bir necha 
arxitektura yodgorliklarga ega. Bular: Ko’kgumbaz masjidi (1463y), Jome’ masjidi, 
Minorali Qo’rg’oncha, Xo’ja Abdulaziz madrasasi, Qilichboy madrasasi, Zaxox – 
Moron shaharchasi xarobalari va Qashqadaryo daryosi ustidan o’tgan qadimiy 
ko’prik kabilar. Mazkur shaharning 2006 yilda 2700 yillik yubileyi munosabati bilan 
yuqoridagi arxitektura obidalarning jozibadorligi yanada oshdi.
Turistik rayonning yana bir qadimiy shaharlaridan biri Termizdir. Termiz shahri 
eramizdan oldingi II-I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan 
bog’lovchi korvon yo’llarining chorrahasida paydo bo’lgan. Termiz yonida 
eramizdan oldingi III-II asrlarda Yunon – Baqtriya davlatiga tegishli turar joylar 
topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada 
Budda ibodatxonasi xarobalari mavjudligi, bu joylarga sharqiy Osiyolik turistlarni 
jalb qilmoqda.
Turistik rayon tabiiy – iqlimiy turistik resurslarga ham boy hisoblanadi. 
Mintaqaning tabiiy go’zal va o’ziga xos tabiati, relyefi turizmni turli yo’nalishlari 
rivojlantirish imkoni beradi. Ayniqsa, Hisor tog’ining go’zal manzarasi va undagi 
ko’plab shifobaxsh buloq va chashmalar aholini dam olish va salomatligini tiklashda 
ahamiyati katta. Yana rayondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar hisoblangan 
Kitob geologik qo’riqxognasi, Hisor, Surxondaryo, Payg’ambarorol davlat 
qo’riqxonalarida ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, 
bu mintaqada yashayotganxalqning o’zoq o’tmish an’analari, san’ati, madaniyati va 
urf – odatlari mahalliy hamda xorij turistlarini qiziqtirishi shubhasizdir.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin