marshrutlarni yaratish hisobiga, bu mintaqada turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini
yaratish mumkin. Boshqa rayonlardagi kabi bu turistik rayonda ham yuqorida qayd
qilinagan resurslardan turizm maqsadida foydalanilmayapti. Shu o’rinda bu
mintaqani turistik jihatdan ilmiy o’rganish, xizmat ko’rsatish sohalarini
takomillashtirish asosiy vazifa hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, mintaqa
turizm sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash ham muammoni yechimlaridan
biridir.
Jadval 10.
Turistik rayonlarning turistik resurslari salohiyati
Mintaqalar
Turistik resurslar va obyektlar
Toshkent
Ko’kaldosh
madrasasi, Kaffol Shoshiy
maqbarasi, Hazrati Imom arxitektura
majmuasi, Abulqosim madrasasi, Baroqxon madrasasi, Jome’ masjidi, Amir
Temur muzeyi va xiyoboni, Mustaqillik maydoni, Xalqlar do’stligi maydoni,
Jasorat monumenti,
Xasti Imom maydoni, Tilla Shayx masjidi, Xadra
maydoni, So’fi Ota maqbarasi.
Samarqand
Afrosiyob arxeologik majmuasi, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi, Shohi Zinda
arxitektura majmuasi, Hazrati Hizr masjidi, Bibixonim masjidi, Ulug’bek
madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori madrasasi, Ruhobod maqbarasi,
Oqsaroy maqbarasi, Go’ri Amir maqbarasi, Namozgoh masjidi, Ishratxona
maqbarasi, Hoja Ahror majmuasi, Hoja Abdu Darun qabristoni
Buxoro
Ark, Bolo – Hovuz majmuasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chashmai – Ayub,
Abdulloxon madrasasi, Modari – Xon madrsasi, Masjidi Baland, Gavkushon
majmuasi, Zayniddin Hoji xonaqosi, Poyi – Kalon majmuasi, Labi – Hovuz
majmuasi, Ko’kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi xonaqosi, Ulug’bek
madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Bolohovuz masjidi, Sayfiddin Boharziy
maqbarasi, Bayonqulixon maqbarasi, Fayzobod xonaqosi, Chorminor
madrasasi, Buxoro amirining Sitorai Mohi – xosa yozgi saroyi, Chor – Bakr
majmuasi.
Xorazm
Ichan qal’a, Saidboy masjidi va madrasasi, Polvon Darvoza, Olloqulixon
madrasasi, Qutlug’murod –
inoq madrasasi, Olloqulixon Timi va
Karvonsaroyi, Abdulloxon madrasasi, Anushxon masjidi va harami, Toshhovli,
Oqmasjid, Juma masjidi va
minorasi, Said Olovuddin maqbarasi, Muhammad
Aminxon madrasasi, Kaltaminor, Ko’na Ark, To’ramurod minorasi,
Sherniyozxon madrasasi, Bog’landi masjidi, Arabxona madrasasi.
Qashqadaryo
Oqsaroy, Dorus – Saodat majmuasi, Hazrati Imom masjidi, Jahongir
maqbarasi, Dor – ut – Tilovat arxitektura majmuasi, Ko’k Gumbaz masjidi,
Gumbazi Saidon, Shamsiddin Kulol maqbarasi.
Surxondaryo
Qirq – qiz saroyi, Termiz hukmdorlari saroyi, Hakim at Termiziy arxitektura
majmuasi, Sulton – Saodat arxitektura majmuasi, Qoratepa ibodatxonasi,
Fayoztepa ibodatxonasi.
Farg’ona
Xudoyorxon saroyi, G’ishtlik masjidi, Jome’ masjidi va minorasi, Mulkobod
masjidi, Saida Ahmadhoji madrasasi, Chokar masjidi, Xo’ja Magiz maqbarasi,
Mullo Qirg’iz madrasasi, Axsikent qadimiy shaharchasi.
Dostları ilə paylaş: