turib vizual kuzatish imkoniyatini beradi. Orol dengizining shimoliy g’arbiy qismida
joylashgan va kundan kunga kattalashib borayotgan Borsakelmas oroli insonlarni
atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi ekoturistik obyektdir. Unda
Qozog’iston Respublikasi Borsakelmas qo’riqxonasi tashkil qilgan.
III.Amudaryo rayoni. Amudaryoning o’zaniga yaqin
har ikkala sohillarida
to’qayzorlar mavjud bo’lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft
ko’rinishlardan bo’lib hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o’ng sohilida to’qay
langshaftidagi qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto’qay
qo’riqxonasi tashkil etilgan. Unga ma’rifiy-ma’naviy
maqsadda tashrif buyurishni
uyushtirish mumkin. Ornitafaunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil
etilgan. Bulardan tashqari Qizilqumning g’arbiy qismida, Amudaryoning o’ng
qirg’og’ida, kembriy va kembriygacha burmalangan tog’
jinslari ochilmalaridan
iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Uvays tog’lariga ekoturlar uyushtirish mumkin.
Amudaryo rayonida O’zbekistonning ko’hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan.
Xorazmdagi arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi.
Ekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olib borish tavsiya etiladi.
IV. Qizilqum rayoni cheksiz qumliklardan iborat bo’lsada, lekin boy o’simlik
va hayvonot olamiga ega. Bu yerda eolrelef shakllari – qum marzalari, do’ng
qumliklar faqatgina shu yerga xos bo’lgan go’zal tabiat manzaralariga ega. U “sahro
kemasi” — tuyalarda ekuskursiyalar uyushtirish ekzotik turizmni eslatadi. 1971 yilda
tashkil etilgan va 10.3 mingga maydonda
joylashgan Qizilqum davlat
qo’riqxonasida to’qay va cho’l landshafiga xos bulgan o’simlik va xayvonlarni
muhofaza etadi. Ekoturistik obyektlardan biri bulgan qo’riqxonada buxoro bo’g’usi
(xongul), tung’iz, qirgovul, echkemar, jayron, qum charxiloni, turkiston kobrasini va
xattoki, Prajivalskiy otlari saqlanadi. Ko’rkam tabiat o’rtasidagi ovullarda mehmon
bo’lib, yulduzli osmon ostida kechani o’tkazish sayyohlarga zavq bag’ishlaydi.
Kizilqumda bahor oylarida kishilarga estetik zavq berib, xordiq chiqaradigan chiroyli
gulli o’simliklar – lola, chuchmoma, eremurus, lolaqizg’aldoq, boychechak kabilar
o’zgacha go’zallik kasb etadi. Qizilqum rayoni yilning barcha fasllarida ajoyibdir.
Tuyalar karvoni esa unga
yanayam ekzotik tus beradi, hamda uni jozibadorligini
ortiradi.
Dostları ilə paylaş: