Bibixonim masjidi XIV - XV asrlar. Amir Temur 1399-1404 yillari qurdirgan. Zilzilalar
ta’sirida masjidning ko’p qismi yemirilib, faqat shimoliy-g’arbiy minoraning
pastki qismi saqlanib qolgan. Amir Temurning katta xotini Bibixonim
Chig’atoy ulusi xoni - Qozonxonning qizidir. U barcha malikalardan ulug’
hisoblanib, "Katta xonim" yoki "Bibixonim", degan unvonga loyiq bo’lgan.
Bibixonim zamonasining yuksak idrokli, tadbirli, maslahatgo’y, yetuk aql-
zakovatli ayollaridan edi. Ilm-ma’rifatga alohida e’tibor berib, tolibi ilmlarga
homiylik qilgan, shaxsiy mablag’i hisobidan ulkan madrasa qurdirgan.
22
Go’ri Amir maqbarasi XV asr. Amir Temur nabirasi Muhammad Sultonning fojiali o’limidan
so’ng 1403 yili ushbu maqbarani qurishga farmon bergan. Temuriylar
sulolasiga mansub kishilar - avvalo Sohibqironning o’zi, uning piri Said
Baraka, o’g’illari Umarshayx, Mironshoh va Shohruh, nabiralari Muhammad
Sulton, Ulug’bek va boshqalar dafn etilganlar. Maqbara 1991-1996 yillari
katta ta’mir qilindi.
.
23
Xoja Ahror Valiy (1404-1490) majmuasi XV asrga mansub me’moriy yodgorliklardan biri. U madrasa, masjid va
minora hamda hovuzdan iborat. Madrasa 1630-1631 yillarda Nodir
Devonbegi mablag’i hisobiga qurilgan. Xoja Ahror Valiy o’z zamonlarida
butun Movarounnahr va Xurosonda mashhur shaxs bo’lgan. Juda katta yer-
suv, mol-mulkka ega bo’lib, butun umri, kuch-g’ayrati va bor mol-mulkini
yurt tinchligi, obodligi yo’lida sarflagan. Natijada mamlakatning ichki va
tashqi siyosiy hayotida yetakchi o’rin tutgan. Xoja Ahror Valiyni oddiy
fuqaro ham, akobir ham o’zlariga birday pushtipanoh deb bilar edi.
Xalqparvar, din va siyosat arbobi Xoja Ahror Valiy 1404 yili qadim
Shoshning (Toshkent) Bog’iston qishlog’ida tug’ilib, 1490 yili Samarqandda
vafot qilgan. Tasavvufga oid bir qancha asarlar yozgan. Uning "Risolayi
volidiya " asari xalq ichida mashhur bo’lgan
24