Tillaqori madrasasi XVII asr. Samarqand Registonida eng keyingi qurilgan nihoyatda
xushbichim va o’ziga xos madrasadir. Ulug’bek davrida qurilgan Mirzoyi
karvonsaroyi o’rniga 1646-1647 yillari Samarqand hokimi Yalangto’sh
Bahodir farmoyishiga ko’ra, madrasaga va jome masjidga mo’ljallab
qurilgan. Registon majmuidagi Ulug’bek va Sherdor madrasalariga
uyg’unlashib ketgan. Tillaqori madrasasining masjidi ichiga boshqa bir katta
obida qurishga yetadigan miqdorda oltin sarflangan. Shuning uchun ham
madrasa «Tillaqori «, ya’ni «tilladan ishlov berilgan», deb ataladi.
Podshohlikdan ko’ra binokorlik ishlarini afzal ko’rgan Yalangto’sh Bahodir
1656 yili vafot qildi. Vasiyatiga ko’ra, uni Dahbeddagi Maxdumi A’zam
ziyoratgohiga 107tro etishadi.
28
Hazrati Xizr masjidi XVIII – XIX asrlar. Bu masjid Samarqanddagi Shohizinda majmuasi
qarshisidagi tepalikda joylashgan bo’lib, Muhammad ibn Vase’ Ohanin
darvozasi yaqinida, so’g’diylar ibodatxonasi o’rniga qurilgan. Rivoyatlarda
Hazrati Xizr suv va o’tloqlarning homiysi sifatida ta’riflanadi.
29
Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi Samarqand viloyati Xartang qishlog’idagi Imom Buxoriy ziyoratgohiga
70-yillar boshida O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari idorasi
tomonidan qabr toshi qo’yilgan bo’lib, 70-yillar o’rtalarida qabr ustiga
gumbazli ayvon qurilgan. 1998 yilda Imom Buxoriy tavalludining hijriy-
qamariy hisobda 1225 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmoyishiga muvofiq qisqa fursatda muhtasham yodgorlik
majmua bunyod etildi. «Hadis ilmida Amirul al-mo’miniyn», degan sharafli
nomga sazovor bo’lgan alloma hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni
(milodiy 810 yil 20 iyul) Buxoro shahrida tavallud topgan. 10 yoshidan
boshlab Movarounnahrdagi turli roviylardan eshitgan hadislarni yodlay
boshlagan, shuningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning
hadis to’plamlarini mutolaa qilib yod olgan. 825 yili Imom Buxoriy volidai
muhtaramasi va inisi Ahmad bilan Makkai Mukarramaga safar qilib, u yerda
6 yil yashagan. Hayotining ko’p qismini xorijiy mamlakatlarda musofirlikda
o’tkazib, ko’plab olimlardan ta’lim olgan. Xorijdan qaytgach, Buxoroda
ko’plab shogirdlarga hadis ilmidan saboq bergan. Imom Buxoriy avlodlarga
20 dan ortiq meros qoldirgan. Ulardan «Al-Jome’ as-sahih», «Al-Adab al-
mufrad», «At-Tarix as-sag’ir» kabilar mashhurdir.
30