doir asarlari ham bizgacha yetib kelgan. 1995 yilda bu ulug’ alloma
sharafiga Xorazmda majmua barpo etilib, tavalludining 920 yilligi xalqimiz
tomonidan keng nishonlandi.
Surxondaryo viloyati
44
Hakim at-
Termiziy
yodgorlik
majmuasi
X-XIV asrlar. Bu me’moriy obida Eski Termiz qal’asining shimoliy-
g’arbida barpo etilgan. Abu Abdulloh Muhammad
ibn Ali ibn Hasan ibn
Bashir al-Hakim at-Termiziy qator diniy-falsafiy asarlar muallifi, din arbobi,
yirik mutasavvif va mashhur olimdir. Hakim at-Termiziy maqbarasi qadimgi
xonaqoh hujralaridan biri bo’lib, alloma shu yerda faoliyat yuritgan:
muridlari, shogirdlari va boshqa darvishlarni qabul qilgan,
ular bilan
suhbatlashgan. Shu xonaqohda dafn etilgan. Qabr ustiga Amir Temur o’g’li
Shohruh Mirzo zamonida katta qabrtosh o’rnatilgan. Qabrtosh Temuriylar
davridagi toshtaroshlik, o’ymakorlik va bezakchilik san’atidan dalolatdir.
Hakim at-Termiziy 880 yil Termizda vafot etgan. Hayoti davomida to’rt
yuzdan ortiq asar yozgan. Shulardan o’ndan ziyodrog’i
bizning
zamonamizgacha yetib kelgan. Hadis ilmiga bag’ishlangan "Jome’ al-usul"
nomli qo’lyozma asari O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida
saqlanmoqda.
45
Dostları ilə paylaş: