Sulton Saodat majmuasi XI asr. Sulton Saodat sayyidlar sulolasining maqbarasidir. Bu me’moriy
majmua oilaviy maqbaralar va marosim xonalaridan iborat bo’lib, asrlar
davomida tashkil topgan yaxlit inshootdir. Birinchi maqbarada IX asrning
ikkinchi yarmida vafot etgan Hasan al-Amir ismli sayyidning xoki yotibdi. U
shu atrofdagi yerlarning egasi, Payg’ambarimiz avlodlaridan hisoblanadi.
Sulton Saodat mo’g’ullar istilosi paytida vayron qilingan edi. Termizning
sharqiy tomoniga joylashgan bu ziyoratgoh yangidan bunyod etilgan. Qariyb
yetti asr (X - XVII) davomida shakllangan bu me’moriy majmua jami
yigirmaga yaqin qabrni o’z ichiga oladi.
46
Abu Iso at- Termiziy maqbarasi Hozirgi Sherobod tumani hududida joylashgan ushbu maqbara XI- XII
asrlar me’moriy yodgorliklaridan hisoblanadi. At-Termiziy hijriy 209 yilda
(mil. 824-825 y.) tavallud topgan. Hofiz az-Zahabiy "Miyzon al-ye’tidol
"kitobida Termiziyning hijriy 279 yilda vafot etganini zikr qilib, "Vafot
etgan vaqtlarida 70 yoshda edilar", deydi. Ismu nasablari - Muhammad ibn
Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhok as-Sulamiy al-Bug’iy at-Termiziy.
Alloma to’plagan hadislar ishonchliligi va mo’tabarligi jihatidan "Sihohi
sitta" (oltita eng sahih hadislar to’plami)ning biri sanaladi. Yoshliklarida
ko’p yillar davomida Iroq, Hijoz kabi arab o’lkalarida hadis o’rganib, ularni
jamlagan. 250 hijriy yilda Termizga qaytganlar. Shu yili Nishopurda Imom
al-Buxoriy bilan uchrashib ko’p hadislar xususida mubohasalar olib
borganlar. Bu buyuk vatandoshimizdan "Al-Jome’ as-Sahih" ("Sunani
Termiziy"), "Ash-Shamoil" ("Shamoili Muhammadiya"), "Al-Hol", "At-
Tarix", "Az-Zuhd", "Al-Asmou val-kunya" ("Ismlar va kunyalar") kabi
asarlar bizgacha yetib kelgan.
47
Jarqo’rg’on minorasi XII asr boshi. Hozirgi Jarqo’rg’on tumanining Alisher Navoiy nomidagi
jamoa xo’jaligida joylashgan. O’rta Osiyoning shu turdagi minoralari orasida
o’zining jimjimador o’n olti tutamlik yarim ustuni bilan ajralib turadi. Bu
ustunlar qavariq, (qovurg’a) shaklida bo’lib, yuzasi yotiq kesimda ko’p
yaproqli gulga o’xshaydi. Quyiga tusha borgan sari qavariqlar go’yo yig’ilib
ketganday tuyuladi. Yuqori qismida esa ular ravoqchalar zanjiri va enli
epigrafik hoshiya bilan jipslashgan. Minora asosi baland sakkiz qirrali
kursiga o’rnatilgan. Har bir qirraning markazida xushbichim ravoqli
tahmonlar bor. Ana shu tahmonlardan bittasi janubiy-g’arbiy qirrada minora
ichki aylana zinasiga olib chiqadi.