tayyorlangan. Saroy bezaklari orasiga Alloh taologa hamdu sanolar va Amir
Temurga maqtov so’zlari bitilgan.
49
Hazrati Imom
maqbarasi
XIV asr. 1384 yilda Amir Temur avliyo Muhammad Shayboniyning xokini
keltirib Dorussiyodatga, o’g’li Jahongir qabri oldiga dafn ettirgan. Amir
Temur ko’rsatmasi bilan xorazmlik ustalar baland bino barpo etganlar.
Muhammad Shayboniy musulmon olamida "Hazrati Imomi Bag’dodiy
"nomi bilan mashhur bo’lgan. Majmuaga Amir Temur o’zi
uchun katta
xilxona qurdirgan. Majmuaning ulkan ark va devorlari, o’n olti qirrali asosga
qurilgan gumbazlari qimmatbaho tosh va shishalardan ishlangan naqshinkor
bezaklar bilanbezatilgan.
50
Shayx
Shamsiddin
Kulol maqbarasi
XIVasr. Shayx Shamsiddin Kulol (yoki Kulol Faxuriy)
Amir Temur va
uning otasi Amir Tarag’ayning ustozi, o’z davrida ulkan hurmat va e’tiborga
ega bo’lgan ulamolardan. Mil. 1370 yilda Shayx dafn etilgan joyga Amir
Temur maqbara qurdirgan. 1373 yilda olamdan o’tgan Amir Tarag’ay ham
o’zining vasiyatiga binoan ustozi Shamsiddin Kulol qabrining oyoq
tomoniga dafn etildi. Maqbara to’g’ri to’rtburchak shaklda qurilgan bo’lib,
kirish
qismiga ulkan gumbaz ishlangan, dastlabki qo’yilgan ikkita katta
ustun va asosiy poydevor bugungi kungacha saqlangan, devor va gumbazlar
Amir Temur davriga xos o’ymakor g’ishtdan bezak va jilva bilan bezatilgan.
51
Xo’ja Jarroh
Dostları ilə paylaş: