yodgorlik majmuasi Majmua XIV asrga oid bo’lib, hozirgi Qarshi shahrining Xudoyzod
mahallasida joylashgan. Rivoyatlarga ko’ra, Sohibqiron Amir Temur XIV
asr oxirlarida Shom va Iordaniya yerlarini zabt etgan paytda ulug’
sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn Abdumoh ibn al-Jarroh qabri
xokidan keltirib, Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara
qurdirgan. Al-Jarroh birinchi bo’lib "amirlarning amiri ", degan laqab olgan.
52
Husam ota majmuasi XIV, XVI, XIX asrlar. Hazrat Husam ota asli Makkadan Movarounnahrga
hijrat qilgan din arbobi bo’lib, Tedyon va Pedyon qishloqlariga asos solgan
hamda yerli aholi orasida Islom dinini targ’ib qilgan. U 1090-1091 yillarda
olamdan o’tgan. Husam ota va avlodlari dafn etilgan qabr ustiga uning
muridlari tomonidan maqbara va majmua barpo etilgan. Maqbarada mo’g’ul
xonlaridan Oqatoy va Masratoy ismlari ko’rsatilgan qabr toshlarining
mavjudligi bu yerga XIII - XIV asrlarda mo’g’ullar ham dafn etilganini
ko’rsatadi.
53
Gumbazi Sayyidin maqbarasi XV asr. 1437-1438 yillarda bunyod etilgan Gumbazi Sayyidon maqbarasi
o’ziga xos maqbaralar majmuasini tashkil etadi. Gumbazlariga naqshinkor
bezaklar tushirilgan. Undagi yozuvlarga asoslanib Mirzo Ulug’bek
avlodlariga oid, degan taxminlar qilinadi. XV - XVII asrlarda maqbara
ichiga Termiz sayyidlari ismlari ko’rsatilgan bir necha qabrtoshlar olib
kirilgan. Bu keyinchalik maqbaraning Gumbazi Sayyidon, deb atalishiga olib
kelgan. Binoning asosi katta bir xonaqoh, gumbaz hamda unga ulanib ketgan
mayda xonalardan iborat.
54
Langar ota majmuasi XV- XVI asrlar. Langar ota me’moriy majmuasi hozirgi Qamashi
tumanining Langar qishlog’ida XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida
juda katta obro’-ye’tibor va salohiyatga ega bo’lgan Kattalangar shayxlari
tomonidan qurilgan. Maqbarada «Langar ota « nomi bilan tanilgan Shayx
Muhammad Sodiq (1460-1545), otasi shayx Abul Hasan va avlodlari 111afn
etilganlar. Maqbarada Amir Temur avlodidan bo’lgan ismi ko’rsatilmagan
bir shahzodaning ham qabr toshi mavjud.