tayyorlashda muhim tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan maskandir. Hozir ham
O’zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli Islom o’rta-maxsus bilim yurti
sifatida o’zining tom vazifasini ado etib kelmoqda.
63
Xo’ja
Alambardor
maqbarasi
XIX asr. Bu maqbara Islom dini arboblaridan Xo’ja Abdul Aziz Alambardor
nomi bilan bog’liqdir. Islom fotihlari hijriy 135-145 yillar oralig’ida qadimgi
Choch (Shosh - hozirgi Toshkent) shahriga kelganida lashkarning bayroq
ko’taruvchisi - alambardori Abdul Aziz Samarqand
darvoza tashqarisiga
Islom tug’ini qadagan. O’sha joy hozirgi Xo’ja Alambardor qabristonining
o’rtasi bo’lib, keyinroq bu yerda bir sag’ana qurilgan. Xo’ja Alambardor
Abdul Aziz umrining oxirgi yillarini Isfijob (Sayram)da o’tkazadi va o’sha
yerda vafot etadi. Keyinroq uning qabri yon atrofiga Ahmad Yassaviyning
ota-onalari ham qo’yilgan. Demak, mazkur maqbarada Xo’ja
Alambardorning o’zi yo’q. Ammo ichida katta-kichik beshta qabr mavjud.
Maqbara bir necha marta qayta tiklangan. Ichida o’sha vaqtda qo’yilgan
Islom bayrog’i tug’i hamon saqlanadi. Tug’da "Alloh" va "Muhammad"
so’zlari yozilgan.
64
Xoja Ahror Valiy
masjidi
Xoja Ahror Valiy masjidi 1451 yilda ulug’ alloma,
zamonasinnig yetuk
olimi, davlat arbobi, xalqparvar inson
Xoja Ahror Valiy tomonidan
qurdirilgan. Toshkent shahridagi eng katta masjid bo’lganligi uchun shahar
ulamolari, qozilar shu yerda ish yuritishgan. Oddiy xalq masjidni "Majjome’
" deb atardi. Vaqt o’tishi bilan masjid binosi juda ayanchli holatga kelib
qoldi. Istiqlol yillarida yangi zamonaviy sharqona
uslubdagi masjid qad
rostladi. Shaharning ko’rki, gultoji bo’lgan bu bino Sharqning go’zal
me’moriy san’atini o’zida mujassam etadi
65
Dostları ilə paylaş: