Tillo Shayx masjidi Masjid 1890 yilda iymon-ye’tiqodli, taqvodor Tillo Shayx ota ismli savdogar
tomonidan qurdirilgan. U Xitoydan qo’ylar olib kelib sotish bilan
shug’ullanib, bir yillik foydasidan ushbu masjidni qurdirib, mo’min-
musulmonlarga
in’om
qilgan
ekan.
Ro’baro’da Baroqxon madrasasi joylashgan bo’lib, bu ikki yodgorlik sal
shimolroqda qurilgan Qaffoli Shoshiy maqbarasi bilan birgalikda ko’p
zamonlar Hazrati Imom (Hastimom) mahallasining guzari va eng ko’rkam
joyi hisoblangan.
Navoiy viloyati 66
Mirsaid Bahrom maqbarasi Maqbara XI asrda hozirgi Karmana shahri hududida bino etilgan. Uning
sohibi mashhur savdogar, islomiy ilmlar bilimdoni Mirsaid Bahrom bo’lib,
Karmanadan o’tgan Buyuk ipak yo’li orqali Afg’on, Eron, Arab davlatlariga
borib, savdo-sotiq bilan shug’ullangan. Orttirgan mol-dunyosidan ko’plab
xayr-yehsonlar qilib, katta obro’-ye’tiborga sazovor bo’lgan. U fiqh, tarix
ilmlarini puxta bilgan. Umrining oxirlarida tasavvuf yo’liga o’tib, sohibi
karomat darajasiga yetgan.
67
Qosim Shayx Azizon maqbarasi XVI asr. Buxoro xoni Abdullaxon davrida mashhur bo’lgan piri murshid
Qosim Shayx Azizon dafn qilingan dahma, xonning farmoyishiga muvofiq
XVI asrning 80- yillarida bunyod etilgan. Abdullaxon hukmronlik qilgan
davrda (1583-1595 y.) Qosim Shayx Azizon uning ma’naviy rahnamosi va
piri edi. Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma", Hasanxoja
Nisoriyning "Muzakkiri ahbob", Muhammad Tohir al-Xorazmiyning "Tarix
al-avliyo" kabi asarlarida Qosim Shayx hazratlari XVI asr boshlarida
taxminan 1503-1504 yillarda tug’ilganlar, deyilgan. Qosim Shayx Azizon
tasavvufning jahriyya (zohiriy zikr) sulukiga mansub bo’lib, ma’naviy
ruhoniy silsilalari Xoja Ahmad Yassaviyga borib taqaladi. Ularning oliy
sha’n xonaqohi "Bu yerga kirgan kishi omonlik topgay ", degan hadis
kamolidan mujda berib, zamon ahlining tinchlik va omonlik uyiga aylangan.
Qosim Shayx Azizon 1581 yili 78 yoshlarida vafot etganlar.