ustiga o’rnatilgan toshga "Bu oqil, obid, Alloh yo’lida doimiy ro’zador,
Alloh karomatini yerda paydo etuvchi mashhur Muhammad ibn Muso ibn
Dovud Abu Abdulloh an-Norinjoniyning qabridur. Allohning unga va uning
do’stlariga rahmati bo’lsin. 712 yil ", deb yozilgan. Bu bitiklar
Norinjonboboning
sohibi karomat, aziz avliyolardan ekaniga shohidlik
beradi.
69
Sulton Uvays
bobo maqbarasi
XVII - XIX asrlar. Sulton Uvays asl ismi Suhayl ibn Omir ibn Rumon ibn
Nohiya ibn Qaran ibn Murod. U Yaman mamlakatining Qaran qishlog’i
Murodiy qabilasida milodning 625 yili tug’lgan. 657 yili (hijriy 37 yili 17
shavvol kuni) Hazrati Ali va Muoviya askarlari o’rtasida yuz bergan Siffin
jangida 32 yoshida shahid bo’lgan. Payg’ambar (a.s.) bu bo’lg’usi avliyo zot
haqida xabar berganlar. Sulton Uvays Bobo
maqbarasida u kishining
jasadlari yo’q. O’sha davr odatiga ko’ra, avliyoning izdosh-muxlislari XVII
asrda ramziy qabr yasab, bir ziyoratgoh bunyod etishgan. So’ngra keyingi
asrda Xiva xonining o’g’li Olloqulixon Peterburg safaridan qaytib
kelayotganida o’sha joyda tunaydi. Avliyolar Sultoni Uvays Qaraniy uning
tushiga kirib, yaqinda xon bo’lishi haqida bashorat qiladi.
Shu bashorat
ro’yobga chiqqach, uning suyunchisiga Olloqulixon shayxga katta masjid va
alohida o’nta chillaxona qurdiradi.
Namangan viloyati
70
Xo’ja Amin
maqbarasi
XVIII asr. Xo’ja Amin maqbarasi XVIII asrning ikkinchi yarmida bunyod
etilgan. Maqbarani bezashda XIV asr boshida o’rta osiyolik me’morlar
foydalangan rang-barang sirkor qoplamadan siqib chiqargan o’yma sopol
qo’llanshgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, XVI
asrning oxirlarida Shayx
Xovandi Tahur avlodlaridan bo’lgan Iminxo’ja Eshon Toshkentdan
Namanganga kelib o’rnashib qoladi. Unga ixlos qiluvchi kishilar ko’payib
ketadi. Iminxo’ja Eshon qaynotasidan meros
qolgan boyliklar evaziga
Ibrohimxo’ja xotiralari uchun taxminan XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida
Ibrohimxo’ja qabrining oldi tarafiga maqbara bunyod etadi.
Maqbara
qurilishiga o’sha davrning mohir me’morlari jalb qilinib, u juda nozik did
bilan qurilgan.
71
Dostları ilə paylaş: