Jadval 3.
Samarqand viloyatining turistik obyektlari
Tumanlar
Turistik obyektlar nomi
Samarqand shahri Ulug’bek abservatoriyasi
,
Xo’ja Doniyor payg’ambar ziyoratgohi,
Ishratxona, Qadimiy Siyob arig’i, Afrosiyob
arxeologik muzeyi va
xarobalari, Xazrati Xizir masjidi, Shohi – Zinda majmuasi, Bibixonim
ansambli, Siyob bozori, Registon ansambli, Al-Motrudiy maqbarasi,
Ruhobod maqbarasi, Amir Temur maqbarasi, shahar bosh jomye masjidi,
O’lkashunoslik muzeyi, Samarqand bosh tarixiy muzeyi,.
Universitet xiyobonidagi qadimiy
chinorlar va boshqa daraxtlar, Alisher
Navoiy muzeyi, SamDU arxeologik, zoologik muzeylari, shahar istirohat
bog’lari, shifobaxsh chashma buloqlar, qadimiy mahallalar.
Samarqand
tumani
Xo’ja Ahrori Vali Ziyoratgohi, Mironqul, Sazag’on, Ohalik Dam Olish
Maskanlari, Ohalik tog’i soyliklaridagi xushmanzara dam olish maskanlari,
milliy an’analar, yog’och o’ymakorligi, metallga ishlov berish, milliy urf
odatlar.
Urgut tumani
Chor chinor, chinorlar va buloqlar, G’ovsul A’zam ziyoratgohi, Xo’jabtol
ota, Miqqilloq tosh, Teshiktosh, Qaynar, Shirvog’ota
ziyoratgoh va dam
olish maskanlari, «Toshqo’y» tabiiy haykali, Bug’jamatosh, Toshkelinchak,
Go’rimor tabiiy tosh shakllari, Lev, Qaynarbuloq, Rohatbuloq buloqlari,
Omonqo’ton dam olish maskanlari, Eski davon yo’llari, taxti Qorachabegim
saroyi xarobolari va b.
Bulung’ur tumani Qadimiy Tuyatortar kanali, Fozil Yo’ldosh o’g’li uy muzeyi, xalq
etnografik folklor ansambllari, mahalliy hunarmandchilik va b.
Jomboy tumani
Xolvoyi qishlog’idagi qadimiy chinorlar, Zarafshon daryosi va uning
Oqdaryo
va Qoradaryoga ajralishi, Zarafshon qo’riqxonasi, xalq milliy
an’analari va urf-odatlari.
Ishtixon tumani
Qoradaryo sohillari, shayxlar qo’rg’oni xalq milliy san’ati, milliy an’analar,
urf-odatlar va b.
Kattaqo’rg’on
tumani
Kattaqo’rg’on suv ombori, Andoqiy ziyoratgohi va bulog’i, «cho’kkan
tuya» shaklidagi tabiiy yodgorliklar va milliy an’analar.
Narpay tumani
Qo’chqorli ota ziyoratgohi, Qo’tirbuloq dam olish maskani, shifobaxsh
bulog’i va avliyo baliqlari, Qo’shtepa ikkita tabiiy tosh tepalik va milliy
an’analar.
Nurobod tumani
Xazrati Dovud ziyoratgohi va g’ori, Tim qishlog’idagi qadimiy archalar,
Qarnobcho’l ekolandshaftlari, xalq hunarmandchiligi, jumladan jun yigirish,
gilam to’qish, ko’pkari o’yinlari, milliy kurash, qadimiy sardobalar va b.
Oqdaryo tumani
Mahdumi A’zam Dahbediy ziyoratgohi, Oqdaryo
daryosi sohillari dam
olish maskanlari, Miyonqol oroli ekolandshafti, xalq milliy an’analari.
Payariq tumani
Imom Buxoriy masjid majmuasi va ziyoratgohi, Navro’ztepa,
G’ilmonsoytepa, Oqtepa tabiiy tepaliklari, xalq milliy an’analari va b.
Pastdarg’om
tumani
Qadimiy Darg’om kanali dam olish maskanlari, milliy an’analar, milliy
kurash, ko’pkari o’yinlari va b.
Paxtachi tumani
Dobussiya qal’a xarobalari, Zarafshon daryosi sohillari dam olish
maskanlari, qadimiy sardobalar.
Tayloq tumani
Tayloq ota qo’rg’oni ziyoratgohi, jomye masjidi, istirohat bog’i,
38
Bandikushon ziyoratgohi va b.
Qo’shrabod
tumani
Tog’ oldi dam olish maskanlari, Qaynar avliyo bulog’i, milliy an’analar,
urf-odatlari,
mlliy dostonchilik, baxshichilik, Ergash Jumanbulbul o’g’li
dostonchilik maktabi va b.
Manba: Солиев А.С., Усмонов М.Р. Туризм географияси. Самарқанд: СамДУ, – 2005.
Jadvaldan ko’rish mumkinki, qanchalik hudud turistik obyektlarga boy
hisoblansa, turistik mahsulotlar turini ko’paytirish imkoniyati yaraladi. Har bir hudud
ma’lum tur turistik resurslarga ega bo’ladi. Qaysidir hudud tarixiy obidalarga boy
hisoblansa, ayrimlari tabiiy turistik obyektlarga boy hisoblanadi. Turistik faoliyatda
barcha turistik resurslardan bir zaylda foydalanib bo’lmaydi, chunki obyektlarning
joylashishidagi qo’layligi, jozibadorligi turlicha. Shuning uchun turistik resurslarni
sifat jihatdan baholash muhim sanaladi. Sifat jihatdan baholashda qo’yidagi belgilar
e’tiborga olinadi:
ta’sirchanligi, ulug’vorligi, joylashuvidagi qulaylik, atrof-muhit
holati, tabiiy rekreatsiya resurslarining o’ziga jalb qilish qobiliyati va boshqalar.
Turistik – rekreatsiya resurslarini mamlakat milliy boyligi sifatida baholash
lozim. Yuqoridagi
jadvaldan foydalanib, Samarqand viloyati tumanlarini turistik
resurslarini sifat jihatdan baholash mumkin.
Agarda shartli ravishda besh balli tizimda baholasak, tabiiy turistik resurslari
imkoniyati bo’yicha Samarqand shahri, Samarqand tumani, Urgut tumani - 5 ballga,
Nurobod va Qo’shrabod tumani - 4 ballga, Pastdarg’om, Paxtachi va Tayloq
tumanlari – 2 ballga teng. Tarixiy obidalar va diniy qadamjoli obyektlarga ega
hududlar imkoniyati bo’yicha, Samarqand shahri va tumani – 5 ballga, Payariq va
Urgut tumani – 4 ballga, Bulung’ur va Qo’shrabod tumanlari – 1 ballga baholash
mumkin. Milliy etnografik va madaniy obidalar resurslari bo’yicha Samarqand shahri
va Kattaqo’rg’on tumanlari – 5 ballga, Nurobod, Oqdaryo va Urgut tumanlari – 4
ballga, qolgan tumanlarni - 3 ballga baholash mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, Samarqand shahri va tumani,
Urgut va Payariq tumanlari turistik resurslarga boy hisoblansa, ayrim tumanlarning
turistik resurs imkoniyati kam. Shu jihatdan tumanlarning turistik resurslari
potensialini uch kategoriya (yuqori, o’rtacha, past) asosida baholash ham mumkin.
Bu yerda, Samarqand shahri va tumani, Urgut va Payariq tumanlari yuqori
kategoriyaga, Nurobod, Kattaqo’rg’on, Narpay va Oqdaryo tumanlari o’rtacha
kategoriyaga, qolgan tumanlarni past kategoriyaga kiritish mumkin.
Tabiat komplekslarida tabiiy resurslardan foydalanishda ruxsat berilgan
antropogen yukning normalarini hisobga olish lozim. Bu normalarni shakllantirishda
biologik va ruhiy jihatdan yondashish lozim. Misol uchun 1ga maydonda nisbatan
biologik tuzilishga zarar yetkazmaydigan darajadagi
odamlar sonini belgilash
mumkin. Dam olish va turizm faoliyatida tabiiy turistik resurslarni sifatini
aniqlashdan tashqari, antropogen (madaniy) landshaftlar samaradorligini ham
aniqlash lozim.
Tabiiy resurslarni baholashni bir qancha turlari mavjud. Bular: texnologik –
rekreatsiya faoliyatining u yoki bu turiga resurslarning
funksional yaroqliligi,
fiziologik – shinam, qo’laylik darajasiga ko’ra
, psixologik – estetik xususiyatiga
ko’ra baholanadi. Bu baholashga misol tariqasida qo’yidagi 4– jadvalni ko’rsatish
mumkin.
39