etmaydi. Demak ekoturizm kelajakda kichik xarajatlar hisobida, katta foyda
keltiradigan manbaga aylanishi mumkin.
O’zbekiston sharoitida Kitob geologik qo’riqxonasi ekologik turizm bilan otda
yurish va piyoda turistlarga xizmat ko’rsatish tajribasi bor. Turizm uchun yaroqli
bo’lgan yozlik mavsumda tog’ zonalarida aprel oyidan oktyabrgacha 7 oyga
cho’ziladi. Piyoda yuruvchilarning bir guruhi (10 odam) uchun kirish bahosi har bir
kishiga bir kunga 50 dollar, otda yuruvchilar uchun 70 dollar deb hisoblansa, bir
kunda 10 kishi x 50 $ = 500 $ yoki 10 kishi x 70 $ = 700 $ daromat olish mumkin.
May oyidan boshlab sentbr oyiga qadar otda yurish marshrutlari o’tkaziladi.
Kelayotganlar soni bir oyda o’rtacha besh guruh (10 kishidan)ni tashkil etsa, 50 kishi
70$dan 3500 $, 5 oyda esa 17500 $ni tashkil etadi. Demak, bir mavsumda piyoda
sayohatchilarni ham hisobga olsak, taxminan 30-35 ming dollar daromat olish
mumkin. Undan tashqari qo’shimcha xizmat ko’rsatish tarmoqlari orqali daromatni
yana ham oshirish imkoniyatlari mavjud.
Ekoturizmning va ekologik ekskursiyalarning yana bir ahamiyati u ekologik
bilim berishning muhim shakli bo’lib xizmat qiladi, tabiatni muhofaza qilish ishini
olib boradi, alohida muhofaza etiladigan tabiat hududlarining jamoat ichidagi obruini
oshirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunlarda ko’pchilik muhofaza etiladigan hududlar
o’z faoliyatlarini jamoatchilikni qo’llashishisiz olib borishi qiyin hisoblanadi.
Jamoatchilik yordamini muhofaza etiladigan hududlarga qaratish yo’li bu odamlarni
nodir landshaftlarni saqlab qolishda ishtirokchilarini tashkil etishdir. Ko’pincha
qo’riqxonalar tomonidan turli tashkilotlar uchun tashkil etgan turlari ularning uzoq
muddatli hamkorligi uchun yo’l ochib beradi. Undan tashqari chet ellik ekoturistlar
o’zlari kelib ko’rgan qo’riqxonalari uchun yordam fondlari tashkil qilishi mumkin.
Milliy bog’lar va davlat qo’riqxonalari tabiatni muhofaza qilish muassasasi
bo’lib, ularning hududlari ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo’lgan hamda
tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ma’rifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda
foydalanishga mo’ljallangan tabiiy majmualarni o’z ichiga oladi. Bu hududlarda
tabiat ne’matlaridan foydalanilgan holda tabiiy xizmat ko’rsatish sohasini (servis)ni
yo’lga qo’yish, kompleks rivojlantirish va turli tematik marshrutlarni
tashkillashtirish, ekoturizmni rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: