Turizm sohasida ish o’rinlarini ochishning
yana bir asosiy manbai
tadbirkorlikdir. Hozirgi kunda respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirishga katta
e’tibor berilmoqda. Turizmda tadbirkorlikni rivojlantirishda ko’pgina jihatlarga
e’tibor qaratish lozim. Bunda:
- bozor munosabatlari sharoitida turizmda tadbirkorlikni rivojlanishi uchur sharoit
yaratish;
- xizmat turlari shu jumladan, auditorlik,
konsalting, turagentlik, turoperatorlik
faoliyati bilan bog’liq xizmat turlarini hajmini oshirish;
- ko’p mablag’ talab qilmaydigan xizmat ko’rsatish tarmoqlarini yo’lga qo’yish;
- kichik va xususiy firmalarni ishga tushirish kerak bo’ladi.
Tizimning isloh qilinishi tufayli ko’plab yangi ish o’rinlari
ochiladi, hamda
turizm industrisi rivojlanadi. Hozirgi davrda turizm jahon iqtisodiyotida juda tez va
jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan sohalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizda bu sohaga e’tibor yildan – yilga oshmoqda. Shuning uchun
respublikamizda turistik bozorni shakllantirish o’ta muhim hisoblanadi. Turistik
resurslardan samarali foydalanishning
ikkinchi jihati bu, turistik bozorni
shakllantirish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: