Ko’pgina hududlar o’ziga xos qadimiy shaharlar, arxitektura, tarixiy madaniy
yodgorliklarga boy hisoblanadi. Turistik infrastruktura rivojlanishi tarixiy o’zlikni
manzarasi buzilmasligi kerak. Har bir tashkil etilayotgan
yangi turistik markaz
(obyekt) Milliylik bilan uyog’unlashgan, qaytarilmas o’ziga xoslikka ega bo’lishi
lozim. Albatta, tarixiy-madaniy, arxitektura va madaniy majmualarni milliy qadr-
qiymati, tarixiy bahosini tiklash va muhofaza qilish orqaligina turistlar qiziqishini
orttirish, bu orqaldi turizmni rivojlantirish mumkin.
Madaniy-tarixiy majmualarni qayta tiklashda umumiy (ansambl)
va yakka
(individual) uslubida loyihalashtirish qabul qilingan.
Madaniy tarixiy va tabiiy merosni quyidagicha kategoriyalarga bo’lishni
mutaxasislar qo’yidagicha
taklif etgan:
-
asosan turistlar ishlatadigan obyektlar (festivallar, namoyishlar, yodgorliklar va
h.k.)
-
aralash foydalaniladigan obyektlar (kamiga tarixiy yodgorliklar va muzeylar,
teatrlar, qo’riqxonalar va boshqa;)
-
asosan mahalliy aholi foydalaniladigan obyektlar (fuqarolar inshootlari, madaniy
obyektlar, kinoteatrlar,
kutubxona va boshqa;)
Madaniy va turizm sohasida asosiy yo’nalishlarida turli tashkilotlarning o’zaro
hamkorligini aniqlab olish juda muhim sanaladi. Turistik rivojlanish siyosati quyidagi
talablarni keltirib chiqaradi:
-
turistik resurslar ruyxatini tayyorlash, turizmni rivojlanishi uchun madaniy
tarixiy, tabiiy merosni tasniflash muhim obyektlarni
ajratish;
-
turistik ahamiyatga ega joy va asosiy turistik hududlarni ajratishni hamda
tegishli mahalliy madaniy, tarixiy va tabiiy yodgorliklarni
muhofaza qilishni
ta’minlash;
-
milliy boylik hisoblangan sun’iy va tabiiy, moddiy va nomoddiy obyektlar
hamda mahalliy aholi yashadiki (san’at,folkor va b.)
turizm maqsadida
foydalanish;
Mintaqa madaniy merosiga nisbatan hurmat bilan qarashga mahalliy aholi va
turistlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan tadbirlarni o’tkazish. Hozirgi kunda jamiyatda
iqtisodiy ijtimoiy va madaniy rivojlanish jadvallik bilan kechmoqda. Bu esa o’z
navbatida misollarda ish yuzasidag harakati, dam olish kunlarini ko’payishi natijasida
turisik faoliyatga ehtiyoj oshmoqda.
An’anaviy turizm shakllariga yangicha yondoshishga talab oshmoqda. Ya’ni
turlarning madaniy tarkibiga mahalliy diqqatga sazovor joylar bilan tanishini ham
kiritish katta samara berib, sayohatni mazmunli va uzoq vaqtga cho’zilishiga sabab
bo’ladi. Turizm hudud uchun foyda berishdan tashqari, mahalliy aholini o’zining
ajratib merosidan farqlanishiga olib keladi. Bu jihatdan foydalanib turistik
resurslardan turizm maqsadida samarali foydalanish tizimini yaratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: