yaratish katta samara beradi. O’z navbatida Toshkent turistik rayoni madaniy-tarixiy
hamda ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarga boy hisoblanadi. Toshkent shahrida ko’plab
muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy san’at muzeyi haykallar, rasmlar va turli
hunarmandchilik mahsilotlarining yirik to’plamiga ega. O’zbekiston Amaliy San’at
muzeyi 30 mingdan ortiq hunarmandchilik mahsulotlari va qimmatbaho
taqinchoqlariga ega. Undan tashqari XVI asrning
ajoyib yodgorligi Baroqxon
madrasasi, XIV asrga oid Ko’kaldosh madrasasi kabi qadimiy arxitektura
yodgorliklari va zamonaviy Amir Temur xiyoboni, Mustaqillik maydoni kabi turli
bog’ va maydonlar ham turistlarni jalb qiluvchi obyektlardir.
Mazkur turistik rayonda turizm infratuzilmasi boshqa rayonlarga nisbatan ancha
rivojlangan. Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati tog’oldi mintaqalaridagi
turistik obyektlarda mehmonxona va dam olish maskanlarida turistlarga xizmat
ko’rsatish darajasi yildan – yilga yaxshilanmoqda. Bu albatta yuqori darajada
urbanizasiyalashgan hudud uchun ayniqsa muhimdir.
Toshkent shahrini 2007 yil «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon
qilinishi
natijasida poytaxtimizning dovrug’i yanada oshdi vash u bilan birga hukumatimiz
tashabbusi bilan ko’pgina qadimiy yodgorliklar qayta ta’mirlanib o’z jozibadorligini
yanada oshirdi. Bu shundan dalolat beradiki, mazkur turistik rayonda turizmni
rivojlanishi istiqbollari yana ham kengayib boradi.
Dostları ilə paylaş: