Ilova 3.
O’zbekistonning islom obidalari
№
Obyektlar
nomi
Obidalar haqida ma’lumot
Buxoro viloyati
1
Ismoil Somoniy
maqbarasi
Maqbara IX-X asrlarga oid. Bu yerga dafn qilingan Ismoil Somoniy
Buxoroda Somoniylar davlatiga asos solgan yirik siyosiy arbob hisoblanadi.
U 848 yil Buxoro shahrida tug’ilgan. 874 yilda Buxoro hokimiga noib, 888
yildan esa butun Movarounnahrga hokim bo’lgan. Ismoil Somoniy markaziy
hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib borib, turli yerlardan ulamolar,
adiblar, usta va hunarmandlarni Buxoroga to’plagan. Madaniyat rivojiga
katta hissa qo’shgan. Bag’dod xalifalaridan ibrat olib, o’ziga ulkan maqbara
qurdirgan.
2
Minorai Kalon
XII asr. 1127 yil Qoraxoniylar davlati amiri Arslonxon tomonidan qurilgan
bo’lib, pishiq g’ishtdan naqshdor shakllar uslubida ishlangan. Balandligi 50
metr, aylanma eni 9 metr. Minoraning salla shaklidagi yuqori qismi g’isht
o’ymakorligi bilan bezatilib, karniz holiga keltirilgan. O’qsimon tirgak
o’rtasida Arslonxonning nomi hamda binokor ustaning ismi Baqo bitilgan.
Minora ichida g’ishtin aylanma zinapoya bo’lib, mezanaga olib chiqadi.
Minora azon chaqirish uchun masjid va madrasalar yonida yoki ularga tutash
qilib qurilgan. Minorai Kalon mezanasining qubbasi va devorlari muazzin
ovozini yanada kuchaytirib berishga xizmat qilgan.
3
Vobkent
minorasi
XII asr oxiri. Minora 1197-1198 yillarda bino qilingan. Buxoro sadri
Burxoniddin Abdulaziz II ning nomi bitilganidan minorani u qurdirganligi
bilinadi. Minoraning tepa qismiga devoniy xatida "Minora 595 hijriy yilda
qurib bitkazildi", deb yozilgan. "Kimki masjid qursa, o’ziga jannatdan
makon qurgan bo’ladi ", degan hadis ham bitilgan. O’sha davrda minoraga
yondosh bir masjid va bir Madrasai sadriya mavjud bo’lib, u
Movarounnahrdagi eng yirik bilim maskani bo’lgan. Minoraning balandligi
38,7 metrdir.
4
Mag’oki Attori
masjidi
XII - XVI asr. Bu masjid XII asrda otashparast-majusiylar ibodatxonasi
o’rnida bino qilingan. Ibodatxona atrofga nisbatan bir muncha pastroqqa
joylashgan. Forscha "Mag’oki" (chuqurlik) nomi ham shundan olingan. Vaqt
o’tishi bilan masjid ko’milib ketgan. Masjidning sharqiy peshtoqidagi
yozuvlarga ko’ra, 1547 yilda Abdulaziz ibn Abdulloh masjidni buzdirib,
o’rniga yangi masjid qurdirmoqchi bo’ladi. Ammo naqshbandiya tariqatining
o’sha davrdagi peshvosi va xonning murshidi Maxdumi A’zam bunga yo’l
qo’ymaydi. Ushbu masjid minbarida Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin
Naqshband kabi pirlar xutba o’qiganlari ham ta’kidlangan. Murshidning
so’zlariga itoat qilgan Abdulazizxon masjidning g’arbiy tomoniga
chambarchas qilib yangi masjid qurdirgan.
5
Namozgoh
masjidi
XII, XIV, XVI asrlar. Bu masjid Buxoroning janubida 1119 yili qurilgan
bo’lib, ikkita ulug’ hayit kunlari shahar tashqarisiga chiqib, ulkan izdihom
bilan namoz o’qishga mo’ljallangan. XV asrda Amir Temur buyrug’i bilan
butun mehrob atrofidagi devor va bitiklar ta’mirlangan. XVI asrda
Abdullaxon ibn Iskandar (1551-1598 y.) tarafidan ham jiddiy ta’mir ishlari
amalga oshirilgan. Masjidning minbaridan zamonning mashhur ulamolari
xutbalar o’qishgan. Naqshbandiya tariqatining peshvolari Xoja Muhammad
Porso, Maxdumi A’zam, Xoja Islom Jo’yboriy kabi allomalar mav’iza
qilishgani tarixdan ma’lum. Namozgoh masjidi o’z davrida ko’pgina
mojarolarda sulh tuzish maydoni vazifasini ham bajargan.
6
Dostları ilə paylaş: