Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Qo’shmadrasa 
majmuasi
XVI asr. Qo’shmadrasa bir-biriga qarama-qarshi joylashgan Modari 
Abdullaxon (Abdullaxon onasi) va Abdullaxon madrasalaridir. Gumbaz va 
devorlarida saqlangan yozuvlarga ko’ra, Modari Abdullaxon madrasasi 
Abdullaxon tomonidan onasiga atab 1566-1567 yillari qurdirilgan. O’zining 
nomidagi madrasa esa 1588-1590 yillarda barpo etilgan. Oradagi farq chorak 
asrga teng bo’lib, aynan shu 25 yil ichida Buxoro me’morligi kuchli 
rivojlangan. Abdullaxon madrasalar, masjid, darvishlar xonaqohi, ko’priklar, 
rabotu karvonsaroylar qurilishida behad matonat ko’rsatib, Buxoroning 
iqtisodiy rivojlanishiga oid ko’p islohotlar o’tkazgan.
11
Baland masjid
XVI asr. Baland masjidning shimol va sharq tomonlari naqshinkor shiftli 
ayvon bilan o’ralgan. Mehrobning atrofi sirkor sopolchalar bilan bezatilgan, 
ularga oltin suvi yuritilgan. Uning yon tomonlari va tepasiga to’g’ri 
burchakli sopolchalardan suls xati bilan yozuvlar bitilgan. Yozuvlar tepasiga, 
shiftga yaqinroq joyga muqarnaslar ishlangan, ularga ham oltin suvi 
yuritilgan. Shifti ham naqshlar bilan qoplangan. Keyingi davrlardagi 
me’morlar Baland masjidning bezaklaridan namuna ko’chirganlar.
12
Xo’ja Zayniddin 
masjidi
XVI asr. Qadimiy Buxoroning durdonalaridan bo’lgan Xo’ja Zayniddin 
masjidi eski mahalla ichida joylashgan. Masjid Xo’ja Zayniddin 
hazratlarining tashabbuslari bilan Imom al-Buxoriy hazratlari sharafiga 
Buxorodagi eng qadimiy hovuz bo’yiga, usta Mir Dustumbiy tomonidan 
qurilgan. Xo’ja Zayniddin 1465-1480 yillari Buxoroda qozi kalon 
lavozimida ishlagan. Masjid Abdulaziz ibn Ubaydullaxon davrida 
ta’mirlangan. Keyingi ta’mirlash ishlari 1904 yilda Ahadxon ibn 
Muzaffarxon (1885-1910 y.) buyrug’i bilan amalga oshirilgan.
13
Bahouddin 
Naqshband 
majmuasi
 
XVI asr. Bahouddin Naqshband 1318 yili Buxoro yaqinidagi Qasri 
Hinduvon qishlog’ida tug’ilgan. Bahouddin Said Amir Kulol, Qusam shayx, 
Xalil ota kabi o’sha davrning eng yirik turkigo’y va forsigo’y mutasavvif 
olimlari qo’lida ta’lim olgan. O’zidan oldin o’tgan Yusuf Hamadoniy (XI - 
XII asrlar), Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy (XII asr) tomonidan yaratilgan 
104


xojagon tariqatini tadrijiy davom ettirib, XIV asr shart-sharoitlariga 
moslagan holda "naqshbandiya " tariqatini yaratdi. Qisqa muddat ichida bu 
tariqat avval Movarounnahrga yoyildi, undan qo’shni Islom mamlakatlariga 
o’tdi. Hozirgi Kogon tumanining Qasri Orifon qishlog’ida dafn etilgan 
Bahouddin Naqshband qabrining ustiga 1544 yili Buxoro xoni Abdulaziz I 
maqbara qurdirgan. Majmua mustaqillik yillarida qayta ta’mirlandi. 1993 
yilda Xoja Bahouddin Naqshband hazratlarining 675 yillik yubiley 
tantanalari keng nishonlandi.
14

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin