Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Mir Arab 
madrasasi
XVI asr. Shayx Said Abdulloh al-Yamaniy tomonidan Buxoro xoni 
Ubaydullaxon 1533-1539 yillari in’om qilgan mablag’ hisobiga qurilgan. 
Mazkur madrasada boshqa madrasalardan farqli o’laroq, xilxona ham 
mavjud. Shayx Said Abdulloh al-Yamaniy Movarounnahrda tasavvufda 
ulkan martabalarga erishgan. Mahalliy xalq uni "Arab amiri" ma’nosida 
"Miri Arab", deb ulug’lagan. Buxoro amiri Ubaydullaxonning o’zi ham shu 
maqbaraga dafn etilgan. Madrasada XX asrlargacha vaqf mollari saqlangan 
bo’lib, undan mudarris, talaba va imomlarga maosh tariqasida 
foydalanishgan. Bugungi kunda madrasada O’zbekiston musulmonlari 
idorasiga qarashli Mir Arab Islom o’rta-maxsus bilim yurti faoliyat 
ko’rsatmoqda.
15
Chor Bakr 
me’moriy 
majmuasi
XVI- XX asrlar. Nufuzli Xojagon urug’ining boshlig’i Xoja Ismoil 
tomonidan Buxoroning tashqarisidagi Sumitxon qishlog’ida "Chor Bakr " 
(to’rt Bakr) nomi bilan mashhur bo’lgan qabristonga asos solindi. Unda 
asosan (Imom Bakri Sa’d, Imom Bakri Tarxon, Imom Bakri Homid va Imom 
Bakri Ishoq) oilaviy qabrlarning ihotalari va ularning ortida dafn 
etilganlarning sag’analari mavjud. 1560-1563 yillari umumiy uyg’unlikdagi 
uchta imoratdan iborat majmua qurilgan. Xonaqoh va masjidning old 
tomonlari deyarli bir xil peshtoqlar bilan ajralib turadi. Lekin ularning rejasi 
va hajmdor qurilishi bir-biridan farq qiladi.
16
Ko’kaldosh 
madrasasi
Ko’kaldosh madrasasi - Buxoro shahridagi Labihovuz ansambliga kiruvchi 
arxitektura yodgorliklaridan biri, 1568-1569 yillari qurilgan. Buxoro 
amirining vaziri Qulbobo Ko’kaldosh qurdirgan ikki qavatli imorat. 
Madrasada 160 ta hujra bo’lib, ularda nafaqat Buxoro amirligi, balki butun 
O’rta Osiyo, Orenburg, Qozon, hatto Qrimdan kelgan talabalar tahsil 
olganlar. Minoraning dekorativ gumbazlari noyob silliqlangan g’ishtdan 
"o’rgimchak inisimon " qilib terilgan. Bu gumbazlarni Buxoro maktabi 
uslubida ishlangan eng yaxshi monumental san’at namunalari, deyish 
mumkin. Qulbobo Ko’kaldosh Amir Abdullaxon Shayboniy bilan birga sut 
emishganligi uchun Ko’kaldosh, ya’ni ko’krakdosh deb atalgan.
17

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin