Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Nodir Devonbegi 
xonaqohi
XVII asr. Nodir Devonbegi xonaqohi avval karvonsaroy sifatida qurilgan. 
Qurilish nihoyasiga yetkazilganidan so’ng Buxoro hukmdori Imomqulixon 
qarori bilan masjidga aylantirilgan. Xonaqoh 1914-1916 yillarda Buxoroning 
oxirgi amiri Sayyid Olimxon tomonidan ta’mirlangan.
18
Abdulazizxon 
madrasasi
 
XVII asr. Buxorodagi Ulug’bek madrasasiga ro’para qilib bunyod etilgan 
oxirgi eng yirik madrasadir. An’anaviy uslubda qurilgan Abdulazizxon 
madrasasida xonaqoh, gumbaz, hujra va yo’laklarning joylashuvi Ulug’bek 
madrasasi kabi oddiy va qulay bo’lgan. Biroq binoni ganch va jilvirkorlik 
bilan bezashda iroqiy, shuningdek, sharqiy va hind uslublarining 
mujassamlashib ketgani uni rang-barang va o’z davri uchun o’ziga xos qilib 
turadi.
Samarqand viloyati
19
Shohizinda 
maqbaralar 
majmuasi
XI - XiX asrlar. Samarqandning Afrosiyob tepaligi janubida barpo qilingan 
bu majmuaga yigirmadan ziyod maqbara, masjid, xonaqoh va chillaxonalar 
kiradi. Ularning ichida eng qadimiysi - Muhammad (s.a.v.)ning 
amakivachchalari Qusam ibn Abbosning maqbarasi. Inshootlarning aksari 
XIV - XV asrlarga mansub. Majmua tarkibida sohibqiron Amir Temurning 
singlisi Shirinbeka oqa, opasi Turkan oqa va xotini Tuman oqalarning 
maqbaralari ham mavjud.
105


20
Xoja Abdu 
Darun maqbarasi
XII asr, XV asrning birinchi yarmi. Samarqand qal’a devorining sharqiy 
tomonida (darun - ichkari) joylashgan qadimgi ziyoratgoh. Markazida eng 
yirik bino - xonaqoh (XV asr) ko’zga tashlanadi. Uning peshtoqi, gumbazi 
va devorining bezaklari Ulug’bek davri me’morligi mahsuli ekanidan darak 
beradi. Xonaqohning ichida IX asrda yashagan avliyo, alloma Abdu 
Ma’ziddinning qabri bor. Xoja Abdu Darun padari buzrukvorlarining nomi 
Xoja Abduqodir as-Said (Xoja Abdu Berun) bo’lib, Samarqandda hokimlik 
qilgan. Xoja Abdu Darunni Xojai Kunj, deb ham ataganlar. Xoja 247 hijriy 
yilning zulqa’da oyida (mil.861 yil may oyi) vafot etgan.
21

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin