Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Bibixonim 
masjidi
XIV - XV asrlar. Amir Temur 1399-1404 yillari qurdirgan. Zilzilalar 
ta’sirida masjidning ko’p qismi yemirilib, faqat shimoliy-g’arbiy minoraning 
pastki qismi saqlanib qolgan. Amir Temurning katta xotini Bibixonim 
Chig’atoy ulusi xoni - Qozonxonning qizidir. U barcha malikalardan ulug’ 
hisoblanib, "Katta xonim" yoki "Bibixonim", degan unvonga loyiq bo’lgan. 
Bibixonim zamonasining yuksak idrokli, tadbirli, maslahatgo’y, yetuk aql-
zakovatli ayollaridan edi. Ilm-ma’rifatga alohida e’tibor berib, tolibi ilmlarga 
homiylik qilgan, shaxsiy mablag’i hisobidan ulkan madrasa qurdirgan.
22
Go’ri Amir 
maqbarasi
XV asr. Amir Temur nabirasi Muhammad Sultonning fojiali o’limidan 
so’ng 1403 yili ushbu maqbarani qurishga farmon bergan. Temuriylar 
sulolasiga mansub kishilar - avvalo Sohibqironning o’zi, uning piri Said 
Baraka, o’g’illari Umarshayx, Mironshoh va Shohruh, nabiralari Muhammad 
Sulton, Ulug’bek va boshqalar dafn etilganlar. Maqbara 1991-1996 yillari 
katta ta’mir qilindi.
.
23
Xoja Ahror Valiy 
(1404-1490) 
majmuasi
XV asrga mansub me’moriy yodgorliklardan biri. U madrasa, masjid va 
minora hamda hovuzdan iborat. Madrasa 1630-1631 yillarda Nodir 
Devonbegi mablag’i hisobiga qurilgan. Xoja Ahror Valiy o’z zamonlarida 
butun Movarounnahr va Xurosonda mashhur shaxs bo’lgan. Juda katta yer-
suv, mol-mulkka ega bo’lib, butun umri, kuch-g’ayrati va bor mol-mulkini 
yurt tinchligi, obodligi yo’lida sarflagan. Natijada mamlakatning ichki va 
tashqi siyosiy hayotida yetakchi o’rin tutgan. Xoja Ahror Valiyni oddiy 
fuqaro ham, akobir ham o’zlariga birday pushtipanoh deb bilar edi. 
Xalqparvar, din va siyosat arbobi Xoja Ahror Valiy 1404 yili qadim 
Shoshning (Toshkent) Bog’iston qishlog’ida tug’ilib, 1490 yili Samarqandda 
vafot qilgan. Tasavvufga oid bir qancha asarlar yozgan. Uning "Risolayi 
volidiya " asari xalq ichida mashhur bo’lgan
24

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin