Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Maxdumi A’zam 
maqbarasi
XVI asr. Ko’hna Samarqand shahrining shimoliy-g’arbiy tarafida, Oqdaryo 
va Qoradaryo oralig’ida joylashgan Dahbed qishlog’ida XVI asrda yashab, 
ijod etgan mutasavvif va olim Maxdumi A’zam qabri bor. Movarounnahrlik 
yirik diniy arbob, naqshbandiya tariqatining rahnamosi va 
nazariyotchilaridan biri Maxdumi A’zam (to’liq ismi Said Ahmad Xojagiy 
ibn Said Jaloliddin Kosoniy Dahbediy) Farg’ona vodiysining Koson shahrida 
tavallud topgan. Tasavvuf ta’limotiga oid fikrlari naqshbandiya nazariyasiga 
asoslangan. Undan boy ilmiy meros qolgan. 30 dan ortiq risolalari O’zFA 
Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanmoqda.
25
Xoja Abdu Berun 
majmuasi
 
XVII asr. Xoja Abdu Berun xonaqohi Samarqand qal’a devorining janubida 
joylashgan. XVII asr tarixiy yodgorligi. Ko’hna qabr yoniga toqu ravoqli 
xonaqoh-masjid, o’rtasiga jamoatxona, atrof burchaklariga hujra va zinalar 
qurilgan. Qo’shqavat sirkor gumbaz, poygumbaz va devorlar sirkor g’ishtlar 
va koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Jamoatxonaning uch tomonidan 
eshiklar ochilgan. Mehrob oddiy, xonaqoh ham xushbichim, sodda va 
fayzlidir. Uning yonboshida avliyo Xoja Abdu Berun qabri bor. Katta hovli 
sahnida supa, hovuz va darvozaxona ko’zga tashlanadi.
26
Sherdor 
madrasasi
XVII asr. Sherdor madrasasi Registon majmuasiga kiradigan obida bo’lib, 
u Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir tomonidan 1619-1636 yillari 
Mirzo Ulug’bek xonaqohi o’rniga qurdirilgan. Sherdor madrasasi Ulug’bek 
madrasasining ro’parasida bir o’q chizig’i bo’ylab joylashgan. O’rta Osiyo 
me’morligida ko’p uchraydigan qo’sh uslubdan foydalanilgan. Peshtoq 
106


ravog’i tepasi diqqatga sazovor: qizg’sh zarhal sherni oq ohuni quvmoqda. 
Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko’zli yuz shaklida tasvirlanib, zarhal tusli 
yog’du bilan hoshiyalangan. Madrasa peshtoqiga Yalangto’sh Bahodirni 
ulug’lovchi she’r bitilgan. Sherdor so’zi «Sher aksi bor «, degan ma’noni 
anglatadi.
27

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin