Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Muhammad 
Aminxon 
madrasasi
XIX asr. Xorazm me’morligining yorqin namunalaridan hisoblangan, 1851-
1855 yillari qurilgan bu madrasaning tashabbuskori Xiva xoni Muhammad 
Aminxon edi. Madrasada 125 ta hujra bo’lgan. XVIII asrning 60-yillarida 
Xiva xonligida hokimiyatni qo’ng’irotlar qabilasidan bo’lgan inoqlar asta-
sekin qo’llariga ola boshladilar. Ular badavlat shaharliklar va ruhoniylarning 
qo’llab-quvvatlashiga erishdilar. Ana shu davrda hukmronlik qilgan Inoq 
Muhammad Aminxon (1763-1790 y.) qishloq xo’jaligi va savdo ishlari 
rivojiga keng yo’l ochib berdi. Bu davrda dehqonchilik va hunarmandchilik 
asta-sekin tiklana boshladi
41
Muhammad 
Rahimxon 
madrasasi
XIX asrning ikkinchi yarmi. Xivadagi me’moriy yodgorliklardan biri 
bo’lgan bu madrasa 1871 yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz) 
tomonidan qurilgan. Muhammad Rahimxon II 1844-1910 yillarda yashab 
o’tgan. U mamlakat madaniyati va iqtisodiy hayotini ko’tarishda ilg’or 
tadbirlarni amalga oishrdi. Madaniyat va fan arboblariga homiylik qildi. O’zi 
ham Feruz taxallusi bilan ijod qilgan. Muhammad Rahimxon ulamolarga, 
shoiru adiblarga, umuman, turli sohaning fazilatli kishilariga homiylik 
ko’rsatgan xondir. She’riyatda Ogaxiyni va iymon-ye’tiqod, dinu diyonat 
hamda shariatda adolatpeshaligi bilan mashhur bo’lgan qozikalon, shayxul 
islom Salimoxun Matnona o’g’lini ustoz va pir tutdi. El-ulusning iqtisodiy-
madaniy darajasini ko’tarish choralarini ko’rdi. U Turkiston xonliklarida 
birinchilar qatorida toshbosmaxona va suratxona qurdirgan.
42
Islomxo’ja 
madrasasi va 
minorasi
XX asr boshlarida qurilgan Islomxo’ja madrasasi va minorasi Xivaning 
dovrug’ini olamga taratgan. Uni yaratish tashabbuskori va homiysi 
Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxo’ja bo’lgan. Minora Xivaning 
faxridir. Islomxo’ja o’z davrining fan, madaniyat, texnika yangiliklariga 
g’oyat qiziquvchi davlat arbobi edi. U Xorazmni dunyoning eng rivojlangan 
davlatlari qatorida ko’rishni istar, Vatanii tashqi dunyo bilan bog’lashga 
intilar, ilg’or g’oyalar bilan to’lib-toshgan inson edi. U Xiva qadimiy 
obidalarini saqlash, ta’mirlash ishlariga ham katta g’amxo’rlik ko’rsatgan. 
Xonlikni idora etishdagi xizmatlari uchun “Vaziri 109kbar “ unvoni berilgan. 
U Xivada pochta va telegraf binosi, Nurullaboy saroyi, maktab va kasalxona 
qurdirgan.
43

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin