Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Mahmud az-
Zamaxshariy 
ziyoratgohi
Maqbara o’zi ko’hna Urganchda – hozirgi Turkmaniston hududida 
joylashgan. Abul qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy hijriy 467 yili 
qadimiy Zamaxshar qishlog’ida tug’ildi. Urganchda zamonasining ulug’ 
allomalari qo’lida ta’lim oldi. Ilohiyoshunoslik sohasida bilim va malakasini 
oshirish maqsadida Makkai mukarramaga bordi. U yerda alloma tafsir ilmi 
sohasida ulug’ kashfiyot sanalgan “Al-Kashshof” asarini yaratdi. 
Ka’batullohda uzoq vaqt turib qolganidan unga “Jorulloh” (Allohning 
qo’shnisi) unvonini berdilar. Allomaning tafsir va hadis, sarf va nahv, ilmi 
adabga doir 50 dan ziyod asarlari ilm olamida yuksak qadrlanadi. “Al-
Kashshof” tafsiri necha zamonlardan beri musulmon olamidagi oliy o’quv 
muassasalarida darslik sifatida o’qitib kelinmoqda. Buyuk allomaning 
lug’ashunoslik, nazm, xalq, og’zaki ijodi, jo’g’rofiya va boshqa sohalarga 
109


doir asarlari ham bizgacha yetib kelgan. 1995 yilda bu ulug’ alloma 
sharafiga Xorazmda majmua barpo etilib, tavalludining 920 yilligi xalqimiz 
tomonidan keng nishonlandi.
Surxondaryo viloyati
44
Hakim at-
Termiziy 
yodgorlik 
majmuasi
 
X-XIV asrlar. Bu me’moriy obida Eski Termiz qal’asining shimoliy-
g’arbida barpo etilgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn 
Bashir al-Hakim at-Termiziy qator diniy-falsafiy asarlar muallifi, din arbobi, 
yirik mutasavvif va mashhur olimdir. Hakim at-Termiziy maqbarasi qadimgi 
xonaqoh hujralaridan biri bo’lib, alloma shu yerda faoliyat yuritgan: 
muridlari, shogirdlari va boshqa darvishlarni qabul qilgan, ular bilan 
suhbatlashgan. Shu xonaqohda dafn etilgan. Qabr ustiga Amir Temur o’g’li 
Shohruh Mirzo zamonida katta qabrtosh o’rnatilgan. Qabrtosh Temuriylar 
davridagi toshtaroshlik, o’ymakorlik va bezakchilik san’atidan dalolatdir. 
Hakim at-Termiziy 880 yil Termizda vafot etgan. Hayoti davomida to’rt 
yuzdan ortiq asar yozgan. Shulardan o’ndan ziyodrog’i bizning 
zamonamizgacha yetib kelgan. Hadis ilmiga bag’ishlangan "Jome’ al-usul" 
nomli qo’lyozma asari O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida 
saqlanmoqda.
45

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin